Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga o‘zaro hamkorlikning ustuvor sohalarini taklif qildi
14:45 14.06.2024 (yangilandi: 17:55 14.06.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Koreya prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezidentlar kelgusi 3-yilga O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Yun Sok Yol ishtirokida kengaytirilgan tartibda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida kelgusi 3-yil uchun O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi va O‘zbekiston preziyednti tomonidan bir qator ustuvor sohalarda hamkorlik qilish taklif etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Koreya prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv
O‘zbekiston va Koreya prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1.
Mineral resurslar sohasida hamkorlik. Bu resurslarni chuqur qayta ishlagan holda qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirini yaratishni nazarda tutadi.2.
Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sohasida yaxlit ilmiy-ishlab chiqarish klasterini barpo etish.3.
Kimyo sanoatida “yashil” vodorod va ammiak ishlab chiqarish, shuningdek, tayyor rezin-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar.4.
Mashinasozlikda kooperatsiyani chuqurlashtirish. 5.
“Aqlli” qishloq xo‘jaligini yaratishga texnologiyalarni jalb qilish, shu jumladan, agrar tarmoqni raqamlashtirish. Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va bog‘dorchilik majmualarini barpo etish.6.
Infratuzilmani modernizatsiya qilish va shaharsozlik dasturi. Koreya banklari va kompaniyalari bilan sheriklik asosida turar-joy va tijorat obyektlarini loyihalashtirish va qurish.7.
“Yashil” energetika va energiya samaradorligini oshirish sohasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish. Yig‘ilishda shuningdek, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetika, kimyo, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sohalarda 726 ta qo‘shma korxona tashkil etilgani va Koreya investitsiyalarining hajmi 7,5 milliard dollardan oshgani qayd etildi. O‘tgan yili O‘zbekiston va Koreya orasida tovar ayirboshlash hajmi 2,5 milliard dollarga yetdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Koreya prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv
O‘zbekiston va Koreya prezidentlari ishtirokida kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana