Putin Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish shartlarini aytdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2024
Obuna bo‘lish
Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda, avvalgi zamonlar endi qaytmaydi. Mustaqil siyosat yuritishga intilayotgan davlatlar soni ortib bormoqda - Putin.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralari boshlash shartlarini aytdi. "Gap vaqtinchalik emas, doimiy tinchlik haqida ketmoqda", dedi Putin.

"Ukrainaning neytral, qo‘shilmaslik, yadro qurolidan xoli maqomi, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, rusiyzabon fuqarolarining huquqlari, erkinliklarini to‘liq ta’minlanish, Qrim, Sevastopol, LXR va DXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarini Rossiya Federatsiyasi subyektlari sifatida tan olish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish", — dedi Vladimir Putin.

Rossiya prezidentining Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvdagi nutqidan eng asosiy bayonotlar:
“Rossiya G‘arb elitalari tanlagan yo‘lning noto‘g‘riligini doimo ta’kidlab keladi. Lekin ular bilan mulohazaga kelishga bo‘lgan barcha urinishlar hech qanday javob topmadi.
Rossiya Federatsiyasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi, lekin Rossiyaning aybi bilan emas.
Rossiyaga qarshi kampaniya "Rossiya Yevropaga hujum qilmoqchi" degan taxminlarga asoslanadi, ammo bu bema’nilik.
Rossiyaning yangi hududlari doimiy uning tarkibida qoladi. Bu masala muhokama qilinmaydi.
Vashington Ochiq osmon va O‘rta va yaqin masofa raketalar haqidagi shartnomadan chiqib, strategik barqarorlikni buzdi.
G‘arbning xudbinligi hozir dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga olib keldi.
G‘arbning xavfsizlikni ta’minlash tizimi ishlamaydi. Misol — Bolqon mojarosi.
Kelajakdagi xavfsizlik arxitekturasi barcha Yevroosiyo mamlakatlari uchun ochiq: jumladan Yevropa va NATO davlatlari uchun ham.
AQShdagi liberal-globalistik elita o‘zlarining xudbinligi va imperialistik ambitsiyalari bilan Amerikani tobora ko‘proq yo‘q qilmoqda.
Yevropa uchun asosiy xavf — bu Rossiya emas, balki AQShga to‘liq qaramlik. AQSh Yevropani betartiblikka botirmoqda, uni mustaqillik va madaniy o‘ziga xoslikdan mahrum qilmoqda.
Yevropa siyosatchilari AQShning bosimi va kuzatuvlariga chidab, qimmat Amerika gazini sotib olishmoqda. Qo‘shma Shtatlar bundan foydalanmoqda.
“Dunyodagi hech bir davlat “G‘arb diplomatiyasi” qurbonlari ro‘yxatiga qo‘shilishdan himoyalanmagan.
Agar Yevropa dunyoning markazlaridan biri bo‘lib qolishni istasa, Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi kerak, Moskva bunga tayyor.
Yevroosiyoda kollektiv xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish vaqti keldi.
G‘arb rezerv valyutalariga asoslangan moliya tizimiga ishonch yo‘qoldi. G‘arb davlatlari valyutalari va qimmatli qog‘ozlarida saqlanayotgan mablag‘lar kamaymoqda.
Ukrainada hozir prezident hukumatni noqonuniy ushlab turibdi. Konstitutsiya sudi qarori yashirilgan. Shu sababli ular bugun imzolayotgan hujjatlar qonuniy kuchga ega emas.
Ukraina bo‘yicha Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan konferensiya — bu shunchaki soxta yig‘ilish. U yerda hech qanday jiddiy masalalar hal qilinmaydi, shunchaki gap sotish va Rossiyani yomonlashdan nariga o‘tmaydi.
Ukrainada tinchlik muzokaralarini boshlash uchun UQK qo‘shinlari LXR, DXR va Zaporojye viloyatlari hududidan to‘liq olib chiqilishi kerak.
Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib, NATOga kirmaslikni va’da bergan taqdirda Rossiya tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyor. Gap vaqtinchalik emas doimiy tinchlik haqida ketmoqda, dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0