Dollar hukmronligi tugadimi? Saudiya Arabistoni neft-dollar shartnomasini uzaytirmadi

© AFP 2023 / KAREN BLEIERDvadsatidollarovaya banknota Soyedinennix Shtatov, sovmeshennaya s severnoy storonoy Belogo doma v Vashingtone
Dvadsatidollarovaya banknota Soyedinennix Shtatov, sovmeshennaya s severnoy storonoy Belogo doma v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2024
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni AQSh bilan 50-yil oldin imzolangan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni 1974-yilda ikki davlat orasida keng qamrovli kelishuv imzolagan edi.

Unga ko‘ra AQSh Saudiya Arabistonini zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlashi, Ar-Riyod esa o‘z navbatida neftni faqat dollarga sotishga va daromadlarning katta qismini AQSh qimmatli qog‘ozlariga kiritish majburiyatini olgan.
Ushbu shartnoma tufayli dollarga bo‘lgan global talab o‘sib, AQSh valyutasi kursini mustahkam qilgan va Amerika importini arzonlashtirgan edi. Bundan tashqari, AQSh qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan sarmoyalar foiz stavkalarni past darajada ushlab turishga yordam berdi. Yarim asr davom etgan shartnoma tufayli "neft dollari" atamasi paydo bo‘ldi.
Lekin 2024-yil 9-iyun kuni ushbu shartnomaning muddati tugadi va Saudiya Arabistoni uni uzaytirishdan bosh tortdi. Endi qirollik neftni istalgan valyutaga sotishi mumkin.

Bu esa dollarga bo‘lgan global talabning kamayishiga va oxir oqibat amerika valyutasining zaiflashishga va olib kelishi mumkin, deydi TipRanks moliyaviy tahlil platformasi eksperti Pol Xofman.
"Muqobil energiya manbalarining rivojlanishi, neft bozoridagi kuchlar muvozanati o‘zgarishi sababli “neft dollari”ning hukmronligi nihoyasiga yetgan bo‘lishi mumkin. AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi shartnoma muddati yakunlanishi jahon moliyaviy tartibini buzishi mumkin.
Dollarning neft uchun asosiy to‘lov valyutasi bo‘lish muddatining tugashi dollarni zaiflashtirishi mumkin va buning natijasida AQSh moliya bozorlari ham zaiflashadi. Neftni baholash uchun boshqa valyutalardan foydalanish — dollarga bo‘lgan global talabning pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa AQShda yuqori inflyatsiya, yuqori foiz stavkalari va obligatsiyalari bozorining zaiflashuviga olib keladi, - dedi Xoffman.
Ekspert aytishiga ko‘ra, neft dollarining zaiflashuvi global bozorlarda ham kuchlar muvozanatini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Neft dollari shartnomasining tugashi global miqyosda kuchlar muvozanatini sezilarli o‘zgarishi mumkin. Bu rivojlanayotgan iqtisodlarning ta’sirini kuchaytirishi va energetika landshaftini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin, deydi mutaxassis.

"Bu o‘zgarishning barcha natijalari darhol ko‘rinmasa-da, bundan buyon global moliyaviy tartibda dollar hukmronligi kafolatlanmagan bo‘ladi”, - deb xulosa qildi ekspert.
Dollardan voz kechish

2022 yilning fevral oyida Rossiya maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning dollar va Yevroda saqlanayotgan $ 300 mlrd. aktivlarini noqonuniy muzlatib qo‘yishgan edi. Undan tashqari AQSh va YeI davlatlari Rossiya banklariga nisbatan valyuta operatsiyalari o‘tkazish, xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘ychia misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritishdi.

Shundan so‘ng Rossiya o‘z nefti va gazini nodo‘st mamlakatlarga faqat rublda sotishini e’lon qildi. Dunyoning boshqa davlatlari esa ularning ham valyuta zaxiralari siyosiy sabablar tufayli xavf ostida qolishi mumkinligini anglab yetishdi. Rossiyaning yirik hamkorlari hisoblangan Hindiston, Xitoy, MDH va BRIKS davlatlari o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tish boshlandi. Keyinchalik ushbu tendensiyaga qator Afrika davlatlari ham qo‘shildi. Eng yirik neft sotuvchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa o‘z neftini nafaqat dollarga, balki qisman boshqa valyutalarga sotishni ham boshladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0