"Dahshatli alomat". G‘arb Ukrainada nima bo‘layotganini oshkor qildi

© Security Service of UkraineSotrudnik SBU
Sotrudnik SBU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2024
Obuna bo‘lish
Merkurisning fikricha, Kiyev asta-sekin hukumat qulashi muqarrar bo‘ladigan nuqtaga yaqinlashmoqda.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Ukraina razvedka xodimlarining xorijga qochib ketishini davlatchilikning barbod bo‘lganidan dalolat beruvchi alomatlardan biri, deb hisoblash mumkin, dedi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris YouTube'dagi blogida.
“Ukrainadan qochish uchun chegarani kesib o‘tganlar soni ortib bormoqda. Ulardan ba’zilari Vengriyaga qochgan. Qochqinlar orasida politsiya va Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari ham bor, bu Ukraina uchun dahshatli alomatdir. Ularning barchasi safarbarlikdan qochmoqda”, – deya fikr bildirdi ekspert.
Merkurisning fikricha, Kiyev asta-sekin hukumat qulashi muqarrar bo‘ladigan nuqtaga yaqinlashmoqda.
Avvalroq Ukraina Davlat chegara xizmatining g‘arbiy mintaqaviy boshqarmasi chegarada tog‘lar va darolar orqali mamlakatni tark etishga uringan kamida 45 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Respublika aholisi Kiyev rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ommaviy safarbarlikdan qochmoqda. Ukraina armiyasiga yollash ko‘pincha majburan amalga oshiriladi. Harbiy ro‘yxatga olish idorasi xodimlari jismoniy kuch ishlatib, qonunga xilof harakatlar qiladilar. Kiyev rasmiylari safarbarlik rejasini amalga oshirish uchun odamlarni kaltaklashi yoki o‘g‘irlashi holatlari ham ko‘p uchramoqda.
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2024
Nega AQSh Ukrainani mag‘lubiyatdan qutqarmaydi?
Yangiliklar lentasi
0