https://oz.sputniknews.uz/20240614/baa-va-ozbekiston-fuqarolarining-huquqiy-yordam-olish-imkoniyatlari-kengaytiriladi-44359564.html
BAA va O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
BAA va O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
BAA va O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
2024-06-14T10:17+0500
2024-06-14T10:17+0500
2024-06-14T11:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
baa
hamkorlik
fuqaro
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0e/44364318_0:395:872:886_1920x0_80_0_0_ccf76aee385de524b5bf44fbd3242d67.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston fuqarolarining tijorat va fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam olish imkoniyatlari yanada kengayadi. Bu haqda adliya vaziri matbuot kotibi xabar berdi.Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi BAAda ishchi tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston va BAA o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish shartnomasi Amirliklar Adliya vazirligi mutaxassislari bilan takomillashtirildi hamda idoraviy kelishuv jarayonlari yakunlandi. Abu-Dabida adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA adliya vaziri Abdulloh Al Nuaymi bilan uchrashdi. Uchrashuv boshida tomonlar mazkur shartnomaning ahamiyati va ikki davlat xalqining huquqiy masalalarda og‘irini yengil qilishga qo‘shayotgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, Al Nuaymi BAA Adliya vazirligining huquq va odil sudlovni amalga oshirish sohalarida sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha loyihalari bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida qonun ijodkorligi, sun’iy intellekt, huquqiy xizmatlar, sud ekspertizasi, yuridik kadrlar malakasini oshirish sohalarida tajriba almashish, o‘zaro tashriflar uyushtirish va qo‘shimcha loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0e/44364318_0:313:872:967_1920x0_80_0_0_dda4838301d0f909c8a652828b0f5926.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baa va o‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
baa va o‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
BAA va O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy yordam olish imkoniyatlari kengaytiriladi
10:17 14.06.2024 (yangilandi: 11:07 14.06.2024) Abu-Dabida adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA adliya vaziri Abdulloh Al Nuaymi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston fuqarolarining tijorat va fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam olish imkoniyatlari yanada kengayadi. Bu haqda adliya vaziri matbuot kotibi
xabar berdi. Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi BAAda ishchi tashrif bilan bo‘ldi.
Tashrif davomida vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston va BAA o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish shartnomasi Amirliklar Adliya vazirligi mutaxassislari bilan takomillashtirildi hamda idoraviy kelishuv jarayonlari yakunlandi.
Mazkur Hukumatlararo shartnomaning qabul qilinishi ikki davlat fuqarolarining fuqarolik va tijorat munosabatlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarini hal etish, sud hujjatlarini tan olish, dalillarni talab qilib olish kabi masalalarda huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Abu-Dabida adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA adliya vaziri Abdulloh Al Nuaymi bilan uchrashdi. Uchrashuv boshida tomonlar mazkur shartnomaning ahamiyati va ikki davlat xalqining huquqiy masalalarda og‘irini yengil qilishga qo‘shayotgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, Al Nuaymi BAA Adliya vazirligining huquq va odil sudlovni amalga oshirish sohalarida sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha loyihalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tomonlar ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida qonun ijodkorligi, sun’iy intellekt, huquqiy xizmatlar, sud ekspertizasi, yuridik kadrlar malakasini oshirish sohalarida tajriba almashish, o‘zaro tashriflar uyushtirish va qo‘shimcha loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.