Qabul-2024: O‘zbekistonda test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstupitelnie ekzameni
Vstupitelnie ekzameni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2024
Obuna bo‘lish
Mandat javoblari 22-avgustga qadar e’lon qilinadi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 14-28 iyul kunlari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov quyi palatada bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 5 - 25-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. 1-25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28 iyul kunlari esa test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aytilishicha, imtihonlar yakunlangach, 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham) ushbu muddat yakunlanadi.
Mandat javoblari 22-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etgan. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha o‘tkazilgan.
Putin tahsil olgan universitet: Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkentdagi filiali haqida
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2024
Putin tahsil olgan universitetning Toshkent filialiga qanday o‘qishga kirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0