https://oz.sputniknews.uz/20240613/khitoy-kyrgyziston-uzbekiston-temir-yol-44351474.html
“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Temir yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi.
2024-06-13T12:19+0500
2024-06-13T12:19+0500
2024-06-13T12:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
temir yo‘l
akilbek japarov
sadir japarov
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_0:0:1009:568_1920x0_80_0_0_89f1918bdc33902f47e6d3008dcd0df9.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Avgust oyida uch davlat rahbarlari ishtirokida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uch tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2023-yil o‘rtalarigacha loyihaning to‘liq texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi. Qirg‘iziston rahbari Yevroosiyo makonida muhim qit’a ko‘prigining yaratilishi xalqlarga katta foyda keltirishini ta’kidladi. Aytilishicha, bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik ramziga aylanadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, mazkur temir yo‘l Xitoyni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l respublikaga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi. Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240610/china-kyrgyzstan-uzbekistan-temir-yol-kontsessiya-44323021.html
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_2:0:826:618_1920x0_80_0_0_9b3f4beecb3da4e0c26db517abaf4257.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
temir yo‘l shanxay xitoy–qirg‘iziston–o‘zbekiston temir yo‘li
temir yo‘l shanxay xitoy–qirg‘iziston–o‘zbekiston temir yo‘li
“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
Temir yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Avgust oyida uch davlat rahbarlari ishtirokida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov ma’lum qildi, deb yozmoqda
Sputnik Qirg‘iziston. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi.
“Buyuk ipak yo‘li tiklanmoqda. Moliyaviy model aniqlandi, qurilish uchun mablag‘ topildi. Bu loyiha biz uchun — hayot yo‘li”, — dedi Japarov.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi.
Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uch tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2023-yil o‘rtalarigacha loyihaning to‘liq texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi. Qirg‘iziston rahbari Yevroosiyo makonida muhim qit’a ko‘prigining yaratilishi xalqlarga katta foyda keltirishini ta’kidladi. Aytilishicha, bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik
ramziga aylanadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, mazkur temir yo‘l Xitoyni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l respublikaga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi. Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi
bo‘ylab o‘tadi.