https://oz.sputniknews.uz/20240612/eec-eaeu-mehnat-bozor-ish-44344648.html
YeIK YeOIIda yagona mehnat bozorini rivojlantirish ustida ishlamoqda
YeIK YeOIIda yagona mehnat bozorini rivojlantirish ustida ishlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida bandlik qulayligini yanada yaxshilash Komissiyaning asosiy vazifalari qatoriga kiradi.
2024-06-12T16:38+0500
2024-06-12T16:38+0500
2024-06-12T16:38+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeik
yeoii
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523541_0:65:3088:1802_1920x0_80_0_0_ea880a3ad465c0ddffeb1f5dc6c10644.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. YeOIIda yagona mehnat bozorini rivojlantirishda YeIKning vazifasi uni mehnat migrantlari uchun imkon qadar qulay qilishdan iborat. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi iqtisod va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori Emi Poup bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi. Muzokaralar Xalqaro migratsiya tashkiloti Global tarmog‘ining axloqiy yollash siyosatini ilgari surish bo‘yicha II Xalqaro yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasini, xususan, axloqiy yollash siyosatini ilgari surish bo‘yicha tashkilot Global tarmog‘ida Komissiyaning ishtiroki, shuningdek, malaka qiyoslash asosida ishchilarning kasbiy mahoratini tan olish sohasida yechimlarni ishlab chiqishda Xalqaro migratsiya tashkiloti tajribasidan foydalanish masalalarini muhokama qilishdi. “Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri yagona mehnat bozorini rivojlantirish va YeOIIda bandlik qulayligini yanada oshirish ustida ishlashdan iborat”, — dedi Baxit Sultonov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523541_110:0:2841:2048_1920x0_80_0_0_163c142c8e1eb94fababe8d57bef678e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bandlik mehnat bozori
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bandlik mehnat bozori
YeIK YeOIIda yagona mehnat bozorini rivojlantirish ustida ishlamoqda
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida bandlik qulayligini yanada yaxshilash Komissiyaning asosiy vazifalari qatoriga kiradi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. YeOIIda yagona mehnat bozorini rivojlantirishda YeIKning vazifasi uni mehnat migrantlari uchun imkon qadar qulay qilishdan iborat. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi iqtisod va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori Emi Poup bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
Muzokaralar Xalqaro migratsiya tashkiloti Global tarmog‘ining axloqiy yollash siyosatini ilgari surish bo‘yicha II Xalqaro yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasini, xususan, axloqiy yollash siyosatini ilgari surish bo‘yicha tashkilot Global tarmog‘ida Komissiyaning ishtiroki, shuningdek, malaka qiyoslash asosida ishchilarning kasbiy mahoratini tan olish sohasida yechimlarni ishlab chiqishda Xalqaro migratsiya tashkiloti tajribasidan foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.
“Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri yagona mehnat bozorini rivojlantirish va YeOIIda bandlik qulayligini yanada oshirish ustida ishlashdan iborat”, — dedi Baxit Sultonov.