https://oz.sputniknews.uz/20240612/bukhara-russia-professor-jarrohlik-amaliyot-44343772.html
Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Sputnik O‘zbekiston
Yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazildi.
2024-06-12T17:50+0500
2024-06-12T17:50+0500
2024-06-12T17:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
buxoro
rossiya
jarrohlik amaliyoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0c/44343938_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_b1532d6bac6ee45c4b305cc20d5a3f84.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Qayd etilishicha, yaqinda Rossiyaning Ilizarov nomidagi travmatologiya va ortopediya akademiyasi professorlari Mixail Toplenkiy hamda Eduard Parfonov xizmat safari bilan Buxoroda bo‘lishdi. Viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lgan mutaxassislar davolanayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, jarohat oqibatlari, ortopediya va neyroxirurgiya bo‘limlarida oldingi yillarda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan bemorlarda tekshiruv o‘tkazishdi. Qayd etilishicha, bu amaliyotlardan so‘ng bemorlar umumiy ahvoli yaxshilanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, har yili har yuz ming chaqaloqdan 6-10 nafari yurak nuqsoni va boshqa tug‘ma kasalliklar bilan dunyoga keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0c/44343938_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_3574bf34c8d3748ba8079682f2b230e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rossiya jarrohlik amaliyoti
bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rossiya jarrohlik amaliyoti
Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, yaqinda Rossiyaning Ilizarov nomidagi travmatologiya va ortopediya akademiyasi professorlari Mixail Toplenkiy hamda Eduard Parfonov xizmat safari bilan Buxoroda bo‘lishdi.
Viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lgan mutaxassislar davolanayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, jarohat oqibatlari, ortopediya va neyroxirurgiya bo‘limlarida oldingi yillarda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan bemorlarda tekshiruv o‘tkazishdi.
“Rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari, ortopediya va neyroxirurgiya bo‘limi shifokorlari suyak-mushak tizimida og‘ir tug‘ma va orttirilgan deformatsiyalari bo‘lgan 3 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi”, — deydi markaz axborot xizmati rahbari Majid Ochilov.
Qayd etilishicha, bu amaliyotlardan so‘ng bemorlar umumiy ahvoli yaxshilanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, har yili har yuz ming chaqaloqdan 6-10 nafari yurak nuqsoni va boshqa tug‘ma kasalliklar bilan dunyoga keladi.