https://oz.sputniknews.uz/20240611/shavkat-mirziyoev-ozarbayzhon-madaniyat-vazir-44335831.html
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
2024-06-11T17:21+0500
2024-06-11T17:21+0500
2024-06-11T17:21+0500
madaniyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
shavkat mirziyoyev
ilhom aliyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0b/44335982_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_7c80ee92e804a97baa9aef100f7f2eb1.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Uchrashuv avvalida Adil Karimli prezidentga Ozarbayjon yetakchsi Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, bugun boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida shoir va mutafakkir Muhammad Fuzuliy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ko‘rgazma, sahna asarlari namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Yo‘l xaritasi" asosida faol muloqotni va tabirlarga boy madaniy dasturni davom ettirish, YuNESKO, TURKSOY va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi. Ma’lumot uchun, shu yil boshidan buyon Bokuda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati kunlari, ko‘rgazma va "Lazgi" milliy baleti premyerasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/0b/44335982_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_9118970f5e57a50bb59262a0ff0829be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev ozarbayjon madaniyat vaziri adil karimli
shavkat mirziyoyev ozarbayjon madaniyat vaziri adil karimli
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Uchrashuv avvalida Adil Karimli prezidentga Ozarbayjon yetakchsi Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
"Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda madaniy almashinuv faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bugun boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida shoir va mutafakkir Muhammad Fuzuliy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ko‘rgazma, sahna asarlari namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
"Yo‘l xaritasi" asosida faol muloqotni va tabirlarga boy madaniy dasturni davom ettirish, YuNESKO, TURKSOY va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, shu yil boshidan buyon Bokuda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati kunlari, ko‘rgazma va "Lazgi" milliy baleti premyerasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.