https://oz.sputniknews.uz/20240611/qurbon-hayit-sana-dam-kunlar-44327976.html
Rasman: Qurbon hayitini nishonlash sanasi va dam olish kunlari ma’lum bo‘ldi
Rasman: Qurbon hayitini nishonlash sanasi va dam olish kunlari ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
2024-06-11T11:00+0500
2024-06-11T11:00+0500
2024-06-11T11:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qurbon bayram
qurbon hayiti
shavkat mirziyoyev
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/15/34148724_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_70469245f82202752ea33933e4b07c9b.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Musulmon olamida keng nishonlanadigan, barcha musulmonlar uchun xos bo‘lgan bayramlardan biri bu hayit (iyd) bayrami hisoblanadi.“Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Islom an’anasiga ko‘ra ikkita hayit bayram sifatida nishonlanadi: Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho).Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/15/34148724_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_f7bc0eb9e137779201866c990ed677ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurbon hayit dam kunlari qurbon xayit 2024 dam olish kunlari qurbon hayiti qachon 2024 qurbon hayiti 2024 dam olish kunlari qachon bayram qilinadi o‘zbekiston
qurbon hayit dam kunlari qurbon xayit 2024 dam olish kunlari qurbon hayiti qachon 2024 qurbon hayiti 2024 dam olish kunlari qachon bayram qilinadi o‘zbekiston
Rasman: Qurbon hayitini nishonlash sanasi va dam olish kunlari ma’lum bo‘ldi
11:00 11.06.2024 (yangilandi: 11:58 11.06.2024) O‘zbekistonda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
“Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
"Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi", — deb yozadi Asadov.
Musulmon olamida keng nishonlanadigan, barcha musulmonlar uchun xos bo‘lgan bayramlardan biri bu hayit (iyd) bayrami hisoblanadi.
“Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Islom an’anasiga ko‘ra ikkita hayit bayram sifatida nishonlanadi: Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho).
Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga
to‘g‘ri keladi.