https://oz.sputniknews.uz/20240611/kuz-qish-mavsum-mahalla-pul-44326488.html
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mahallalarga qo‘shimcha pul ajratiladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mahallalarga qo‘shimcha pul ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi
2024-06-11T13:05+0500
2024-06-11T13:05+0500
2024-06-11T13:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
mahalla
pul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26895415_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_9f1273a8e06825853cc42d168f6eabca.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha mahallalarga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratiladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, respublikadagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turmoqda. Masalan, bir yil oldin 133 ta boshqaruv kompaniyasi “og‘ir” toifada bo‘lgan bo‘lsa, hozir bunday kompaniya qolmadi. Natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Yaqinda boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boshqaruv va ekspluatatsiya sifati ham shunga yarasha bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotgani qayd etildi. Mas’ul tashkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo‘yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat’iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o‘zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimini joriy qilish topshirildi. Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish ro‘y bergan, oqibatda ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagan. Shuningdek, ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan. Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi. Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240215/mahalla-ettilik-oilalar-ogir-vaziyat-42498241.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26895415_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_d1bbd4f3678880a26428110b1a42b3a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kuz-qish mavsumi mahallalar qo‘shimcha pul
kuz-qish mavsumi mahallalar qo‘shimcha pul
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mahallalarga qo‘shimcha pul ajratiladi
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha mahallalarga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratiladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, respublikadagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. Soliq imtiyozi, arzon kredit berilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turmoqda. Masalan, bir yil oldin 133 ta boshqaruv kompaniyasi “og‘ir” toifada bo‘lgan bo‘lsa, hozir bunday kompaniya qolmadi. Natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlandi, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.
“Yig‘ilishda hamma joyda ham odamlar uylarni boshqarish sifatidan qoniqmayotgani qayd etildi. Ko‘plab boshqaruv kompaniyalari faqat ko‘chalarni supurish va tozalash, joriy ta’mirlash bilan cheklanayapti. Lekin uylar atrofini obodonlashtirish, tom, ichki va sug‘orish tarmoqlarini soz holda saqlab turish kabi asosiy vazifalar e’tibordan chetda qolib ketmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yaqinda boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boshqaruv va ekspluatatsiya sifati ham shunga yarasha bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
“Bundan buyon qurilganiga ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi”, — deya qayd etildi xabarda.
Ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotgani qayd etildi.
Mas’ul tashkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo‘yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat’iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o‘zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimini joriy qilish topshirildi.
“Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqildi. Tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi”, — deya ta’kidlangan xabarda.
Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish ro‘y bergan, oqibatda ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagan. Shuningdek, ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan.
Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi. Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.