Hamster Kombat: o‘zbekistonliklar hamster o‘yinidan pul ishlay oladimi?

© Sputnik/Sgenerirovano IIHamster Kombat. Izobrajenie sgenerirovano II
Hamster Kombat. Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘yin orqali to‘plangan tangalar kripto-aktivga teng bo‘la oladimi yoki yo‘qmi, shuningdek, ularning birjaga qabul qilinishi haqida ekspert fikr bildirdi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. So‘nggi paytlarda "Telegram" da Hamster Kombat o‘yini keng tarqalmoqda. Mazkur o‘yin orqali to‘plangan tangalarni sotib, pul ishlab olishga umid qilayotganlar ham bor. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga o‘yin haqiqiy foyda keltira olish yoki olmasligi haqida ma’lumot berdi.
O‘yinning mohiyati virtual hamsterga bosish va tangalar to‘plashdan iborat. O‘zbekistonning ba’zi Telegram-kanallarida o‘yin tez orada birjaga chiqarilishi, ya’ni barcha to‘plangan tangalarni sotish va pul ishlab topish mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, go‘yoki, bu tangalar hozir ham ma’lum bir qiymatga ega degan tushuncha ham bor. Bunga ishonish mumkinmi va qanday holatda kripto-aktiv qiymatga bo‘ladi? Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kriptoaktivlar muomalasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Asqar Zokirov ma’lum qildi.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq kripto-aktiv – bu mulkiy huquq (nomoddiy aktiv) bo‘lib, u egasiga va talab-taklif asosida shakllanadigan narxga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, kripto-aktiv blokcheynda, ya’ni taqsimlangan ma’lumotlar reyestrida bo‘lishi kerak.

"Agar ma’lum bir hisob birligining o‘z blokcheyni bo‘lmasa, uni kripto-aktivga tenglashtirishgandan ma’no yo‘q. Ayni paytda ekranga bosish orqali olinayotgan tangalar hisob birliklari bo‘lib, ularni kriptoaktivlar bilan tenglashtirish mumkin emas va iloji yo‘q, chunki ularning blokcheyni yo‘q. Bu tangalar, oddiy qilib aytganda, shunchaki chizilgan, ularda hech qanday kafolat yo‘q, ya’ni ular ushbu o‘yinning qandaydir ichki hisob birligidir (tangasi)”, — deya tushuntirdi Asqar Zokirov.

Ayni paytda (2024 yil 10-iyun holatiga ko‘ra) ushbu hisob birligi blokcheynga ega emasligini inobatga olib, ular birjalarda listing olmaydilar (listing – birjaga kirish tartibi), deya aniqlik kiritdi ekspert. Faqat blokcheynga ega bo‘lgan tangalar kripto birjalarida savdo qilishga ruxsat etiladi.

“Shu bilan birga, agar kimdir biror joyda biror narsani "listing" qilgan bo‘lsa ham, ko‘p tangalar uchun, ular blokcheynda paydo bo‘lishidan oldin yoki "listing" qilinishidan oldin, ushbu tanga narxi bo‘yicha qandaydir shartnoma savdolari boshlanadi, tanganing o‘zi hali mavjud emas. Ammo ma’lum bir tanganing narxi va taklifi go‘yoki qayerdadir paydo bo‘lganligi ham firibgarlik sxemasi bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Asqar Zokirov.

Shunday qilib, Hamster Kombat Telegram dagi oddiy o‘yin bo‘lib, undagi tangalar hech qanday kripto-aktiv hisoblanmaydi va ular blokcheynga ega emas, ular hech qanday birjalarga kiritilmaydi, shuning uchun ular hech narsaga arzimaydi.
Yangiliklar lentasi
0