Toshkent viloyatida “Chimon sadosi – 2024” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi — tadbirlar dasturi

© Komitet po turizmuSostoitsya mejdunarodniy festival "Chimganskoe exo – 2024"
Sostoitsya mejdunarodniy festival Chimganskoe exo – 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2024
Obuna bo‘lish
Festival o‘z ishini juma kuni boshlaydi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida “Chimon sadosi – 2024” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi turizm qo‘mitasi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 14-16 iyun kunlari “Chimon sadosi – 2024” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
Xalqaro turizm mualliflik qo‘shiqlari tanlovi;
qoyalarga chiqish va “Skyrunning” - toqqa tez ko‘tarilish bo‘yicha “Chimon sadosi” kubogi;
“Ochiq osmon ostidagi eko-maktab” - o‘smirlar va yoshlar bilan ekoturizm mavzusida darslar;
“Biz toza Chimon tarafdorimiz” ekologik aksiyasi.
“Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, betakror tabiatimiz ne’matlarini asrab-avaylashga o‘rgatish, ekologik turizmni rivojlantirishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Xabarda mamlakat aholisi va xorijiy sayyohlar festivalga taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0