https://oz.sputniknews.uz/20240610/russia-uzbekistan-agroekspress-44313636.html
Rossiya O‘zbekistonda "Agroekspress" xizmatini ishga tushiradi
Rossiya O‘zbekistonda "Agroekspress" xizmatini ishga tushiradi
Sputnik O‘zbekiston
"RJD Logistika" bu yil "Agroekspress" xizmati geografiyasini kengaytiradi.
2024-06-10T10:12+0500
2024-06-10T10:12+0500
2024-06-10T10:12+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
qishloq xo‘jaligi
tovuq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/16/22332415_0:0:1279:719_1920x0_80_0_0_1c37aed872840a7a6ae1e44e933323a8.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. "RJD Logistika" 2024-yilda O‘zbekistonda "Agroekspress"ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Dmitriy Murev RIA Novostiga ma’lum qildi."RJD Logistika" bu yil "Agroekspress" xizmati geografiyasini kengaytirib, uni O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.“Agroekspress” – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini muzlatgichli va universal konteynerlarda, shuningdek, fleksitanklarda yetkazib berish xizmati. Yetkazib berish qisqa vaqt ichida, harorat rejimi va fitosanitariya va veterinariya nazorati talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.Rossiyadan “Agroekspress” asosan parranda go‘shti, sariyog‘, sut mahsulotlari, don, qarama-qarshi yo‘nalishda esa meva-sabzavot va xalq iste’moli mollarini yetkazib berishni rejalashtirgan."RJD Logistika" allaqachon Eronga parranda go‘shtini yetkazishni sinovdan o‘tkazdi, bu Fors ko‘rfazi davlatlarining Rossiya eksport tovarlariga qiziqishini ko‘rsatdi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiyaning “Milliy zaxira korporatsiyasi” (NRK) ishtirokida yaratilayotgan O‘zbekistondagi agrokompleksni “Agroekspress” loyihasiga qo‘shish rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.Avalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) hamkorlikning rivojlantirish sur’atini pasaytirmaslik muhimligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida qo‘shma tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritilgan, ularning amalga oshirilishi barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi. Ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini temir yo‘l orqali jadal yetkazib berishni osonlashtirgan Yevroosiyo “Agroekspress” ham bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/16/22332415_0:0:802:602_1920x0_80_0_0_0a234af5bd38a9cf8f7e4df749a1837a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"rjd logistika" "agroekspress"
"rjd logistika" "agroekspress"
Rossiya O‘zbekistonda "Agroekspress" xizmatini ishga tushiradi
"RJD Logistika" bu yil "Agroekspress" xizmati geografiyasini kengaytiradi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. "RJD Logistika" 2024-yilda O‘zbekistonda "Agroekspress"ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Dmitriy Murev RIA Novostiga ma’lum qildi.
"RJD Logistika" bu yil "Agroekspress" xizmati geografiyasini kengaytirib, uni O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
“Agroekspress” – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini muzlatgichli va universal konteynerlarda, shuningdek, fleksitanklarda yetkazib berish xizmati. Yetkazib berish qisqa vaqt ichida, harorat rejimi va fitosanitariya va veterinariya nazorati talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston va Fors ko‘rfaziga kelsak, biz 2024-yilda “Agroekspress” xizmatini muntazam ravishda ishga tushirishni kutmoqdamiz”, — dedi Murev.
Rossiyadan “Agroekspress” asosan parranda go‘shti, sariyog‘, sut mahsulotlari, don, qarama-qarshi yo‘nalishda esa meva-sabzavot va xalq iste’moli mollarini yetkazib berishni rejalashtirgan.
“Har qanday holatda ham, “Agroekspress” bilan O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoda o‘zimiz uchun strategiyani qabul qildik, biz aralash poyezdlarni qilamiz, bu bizga yanada moslashuvchan harakat qilish imkonini beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Murev.
"RJD Logistika" allaqachon Eronga parranda go‘shtini yetkazishni sinovdan o‘tkazdi, bu Fors ko‘rfazi davlatlarining Rossiya eksport tovarlariga qiziqishini ko‘rsatdi.
“Biz hozir ushbu yuk tashishlarning texnik parametrlarini aniqlashtirish bo‘yicha muzokaralar bosqichidamiz”, — deya xulosa qildi Murev.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiyaning “Milliy zaxira korporatsiyasi” (NRK) ishtirokida yaratilayotgan O‘zbekistondagi agrokompleksni “Agroekspress” loyihasiga qo‘shish rejalashtirilgani ma’lum
qilingan edi.Avalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) hamkorlikning rivojlantirish sur’atini pasaytirmaslik muhimligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida qo‘shma tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritilgan, ularning amalga oshirilishi barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi. Ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini temir yo‘l orqali jadal yetkazib berishni osonlashtirgan Yevroosiyo “Agroekspress”
ham bor.