Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari DXRning Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota artilleristov i operatorov BPLA na Krasnolimanskom napravlenii
Boyevaya rabota artilleristov i operatorov BPLA na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2024
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari DXRning Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiyaning "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRdagi Staromayorskoyeni ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Vostok" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasi tubiga yurishni davom ettirdi va Donesk Xalq Respublikasining Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari frontning ushbu sektorida 140 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita transport vositasi, D-20 quroli, FH-70 va D-30 gaubitsalarini yo‘qotdi", — deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novosti agentligiga Rossiya bo‘linmalari dushmanni Staromayorskoyening shimoliy chekkasiga yuborganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0