Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2024
Obuna bo‘lish
Madaniyat kunlari Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida o‘tkazilishi reja qilinmoqda.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, deya xabar berdi "Dunyo"AA.
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Fahd al-Kanan bilan uchrashdi. Unda Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari so‘nggi yillarda Saudiyada madaniy sohada o‘tkazilayotgan yirik tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ijobiy baholab, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada jadallashtirish lozimligini qayd etdi.

"O‘zbekiston delegatsiyasining har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro islom biyennalisida faol ishtirok etmoqda. Biz 2025-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tadbirda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillarining ishtirokini ishlab chiqishni taklif etamiz", — dedi u.

Uchrashuvda joriy yilda Ar-Riyoz va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0