Prezident jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini ko‘zdan kechirdi
10:10 08.06.2024 (yangilandi: 10:13 08.06.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu markaz O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
Prezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
Prezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Markazdagi uchrashuvga huquq-tartibot idoralari huzuridagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari taklif etildi. Ulardagi o‘quv dasturlarini takomillashtirish, dual ta’lim tizimini joriy etish, darslar va ilmiy ishlarning hayot bilan hamnafasligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Ichki ishlar vazirligida uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi bo‘yicha strategiyada 2025-yil yakuniga qadar tizimni raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish belgilangan. Tashrif chog‘ida davlat rahbariga shu borada axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
Prezident oznakomilsya s provodimoy rabotoy v sfere obshestvennoy bezopasnosti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.