https://oz.sputniknews.uz/20240608/ozbekiston-va-ozarbayjon-parlamentlari-ortasida-hamkorlik-kengaytiriladi-44301862.html
O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
2024-06-08T13:20+0500
2024-06-08T13:20+0500
2024-06-08T13:20+0500
o‘zbekiston
ozarbayjon
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/08/44301418_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2fdae663467436485b5188a1b51d36cf.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.2022 yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasi, ya’ni “yo‘l xaritasi” ijrosi to‘liq ta’minlangani alohida qayd etildi.Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.Ushbu hujjat parlament a’zolari o‘rtasida tashrif almashish orqali o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish, qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, undan ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, ekologiya, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ham o‘rin olgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/08/44301418_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_beb75f27b22a21e88142ae45320b9df0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
o‘zbekiston va ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan, parlamentlarning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlashi masalalariga e’tibor qaratildi.
2022 yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasi, ya’ni “yo‘l xaritasi” ijrosi to‘liq ta’minlangani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ushbu hujjat parlament a’zolari o‘rtasida tashrif almashish orqali o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish, qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, undan ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, ekologiya, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ham o‘rin olgan.