https://oz.sputniknews.uz/20240606/russia-afghanistan-muloqot-putin-44250111.html
Rossiya uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim — Putin javobi
Rossiya uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim — Putin javobi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yetakchisi: Afg‘onistondagi barqarorlik O‘zbekiston uchun ham, biz uchun ham juda muhim.
2024-06-06T10:35+0500
2024-06-06T10:35+0500
2024-06-06T11:13+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
o‘zbekiston
afg‘oniston
vladimir putin
shavkat mirziyoyev
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23476907_0:138:2776:1700_1920x0_80_0_0_195eaabde8288ade8cd85d2b273f3b47.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Ular orasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Kuchimov ham bor.Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi.May oyida Vladimir Putin O‘zbekistonda uch kunlik davlat tashrifi bilan bo‘lib, ushbu tashrifni juda samarali va muvaffaqiyatli deb baholadi.Abdusaid Kuchimovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.“Bizning O‘zbekiston uchun qo‘shni Afg‘oniston zaminidagi tinchlik va barqarorlik nihoyatda muhim. Afsuski, Ukrainadagi voqealar bundan kam bo‘lmagan dolzarb, Afg‘oniston masalasini bizningcha, global kun tartibidan butunlay chiqarib yuborganini kuzatmoqdamiz. Afg‘onistonning yangi hokimiyatlari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, uzoq vaqtdan beri azob chekayotgan afg‘on xalqining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda yordam berish uchun obyektiv ehtiyoj mavjud bo‘lsa-da. Qolaversa, Afg‘onistonning yangi hukumati, ya’ni “Tolibon”* harakatining mamlakatda tinchlik o‘rnatishga, barcha davlatlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga intilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Rossiya Federatsiyasi uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim? Bu mamlakat atrofidagi jarayonlarga munosabatingiz qanday?", - deya savol berdi jurnalist.Rossiya yetakchisi mazkur savollarga javob berar ekan, birinchidan, O‘zbekistonga tashrif juda puxta va samarali bo‘lganini tasdiqladi.Shuningdek, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Ukraina muammosi ham muhokama qilinganini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon"* Afg‘onistondagi hokimiyatni nazorat qiladi va, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkiloti darajasidagi barcha kelishuvlar bajarilishini, jumladan, hukumat Afg‘onistondagi barcha etnik guruhlar ishtirokida inklyuziv bo‘lishini ta’minlash zarur.Qayd etilishicha, bu borada birgalikda ishlash va bu imkoniyatlarni o‘rganishga kelishib olingan.* Harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23476907_164:0:2613:1837_1920x0_80_0_0_d926e6624c0478dc5bc26c6c0a7266c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya afg‘oniston o‘zbekiston
rossiya afg‘oniston o‘zbekiston
Rossiya uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim — Putin javobi
10:35 06.06.2024 (yangilandi: 11:13 06.06.2024) Rossiya yetakchisi: Afg‘onistondagi barqarorlik O‘zbekiston uchun ham, biz uchun ham juda muhim.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Ular orasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Kuchimov ham bor.
Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi.
May oyida Vladimir Putin O‘zbekistonda uch kunlik davlat tashrifi bilan bo‘lib, ushbu tashrifni juda samarali va muvaffaqiyatli deb baholadi.
Abdusaid Kuchimovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
“Bizning O‘zbekiston uchun qo‘shni Afg‘oniston zaminidagi tinchlik va barqarorlik nihoyatda muhim. Afsuski, Ukrainadagi voqealar bundan kam bo‘lmagan dolzarb, Afg‘oniston masalasini bizningcha, global kun tartibidan butunlay chiqarib yuborganini kuzatmoqdamiz. Afg‘onistonning yangi hokimiyatlari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, uzoq vaqtdan beri azob chekayotgan afg‘on xalqining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda yordam berish uchun obyektiv ehtiyoj mavjud bo‘lsa-da. Qolaversa, Afg‘onistonning yangi hukumati, ya’ni “Tolibon”* harakatining mamlakatda tinchlik o‘rnatishga, barcha davlatlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga intilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Rossiya Federatsiyasi uchun Afg‘oniston bilan muloqotni davom ettirish qanchalik muhim? Bu mamlakat atrofidagi jarayonlarga munosabatingiz qanday?", - deya savol berdi jurnalist.
Rossiya yetakchisi mazkur savollarga javob berar ekan, birinchidan, O‘zbekistonga tashrif juda puxta va samarali bo‘lganini tasdiqladi.
“Ehtimol, biz bu formatni hali hech kim bilan shakillantirmaganmiz, aniqrog‘i, prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan biz nafaqat O‘zbekistonga prezident taklifiga binoan katta hukumat delegatsiyasi bilan keldik, balki ayni vaqtda viloyat rahbarlarining uchrashuvini ham o‘tkazdik. Toshkentga Rossiya hukumatining yarmi va Rossiya Federatsiyasining ko‘plab viloyatlari rahbarlari keldi. Rossiyaning ayrim viloyatlari rahbarlari hatto Toshkentda yangilangan Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbariyati bilan ham muloqot qilishdan xursand bo‘lishdi. Ular bir-biri bilan ham juda faol muloqot qilishdi. Bu men uchun juda foydali, hatto kutilmagan bo‘lib chiqdi”, — deya qayd etdi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Ukraina muammosi ham muhokama qilinganini ma’lum qildi.
“Biz Ukraina muammosini muhokama qildik va prezident Mirziyoyev, albatta, Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan O‘zbekiston xavotirlari haqida bir necha bor gapirdi. Lekin O‘zbekistonning bu yerda olib borayotgan siyosati betaraf va juda muvozanatli ekani uchun biz prezidentdan minnatdormiz. Afg‘onistonga kelsak, bu haqda ko‘p gaplashdik. O‘zbekiston oldida turgan muammo - bu Jahon okeaniga, dengizlarga chiqish muammosi, buning hammasi tushunarli. Bu yerda turli xil variantlar mavjud, jumladan, Afg‘oniston hududi orqali logistikani rivojlantirish, logistikaning barcha turlari: quvur transporti ham, temir yo‘l transporti, avtomobil transporti ham, bu energiya resurslari, elektr energiyasi va boshqalar bilan ta’minlash. Va, albatta, bu borada Afg‘onistondagi barqarorlik O‘zbekiston uchun ham, biz uchun ham juda muhim”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon"* Afg‘onistondagi hokimiyatni nazorat qiladi va, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkiloti darajasidagi barcha kelishuvlar bajarilishini, jumladan, hukumat Afg‘onistondagi barcha etnik guruhlar ishtirokida inklyuziv bo‘lishini ta’minlash zarur.
“Bu nozik, juda muhim savol. Lekin biz "Tolibon"* hukumati bilan munosabatlarni o‘rnatishimiz kerak. Umuman olganda, bizning aloqalarimiz bor. Afg‘oniston ham buni rivojlantirayotganini bilaman. Oldinga siljiymiz, qaysidir ma’noda qo‘shni davlat bilan munosabatlarni yaxshilashimiz kerak, ayniqsa, O‘zbekiston uzun chegaraga ega ekan, xavfsizlikni ta’minlashimiz va takror aytaman, logistikani rivojlantirishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Qayd etilishicha, bu borada birgalikda ishlash va bu imkoniyatlarni o‘rganishga kelishib olingan.
* Harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.