Toshkentda Pushkin yubileyi qanday nishonlanmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Aleksandr Pushkin tavalludining 225-yilligi munosabati bilan Toshkentda tadbir o‘tkazildi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkentda Pushkin maydonidagi atoqli rus shoiri haykali poyiga gullar qo‘yildi. Oltin asrning buyuk shoiri Aleksandr Pushkinning 225-yilligi nishonlanmoqda. Bu kun Xalqaro rus tili kuni ham nishonlanadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tabriknomada ta’kidlaganidek, hozirda sayyoramizning 250 milliondan ortiq aholisi rus tilida gaplashmoqda.
Toshkentdagi Pushkin muzeyida nimalar bor - foto, video
Tantanali marosimda Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, Rus madaniy markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shundan so‘ng Pushkin ijodiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi. Shoirning she’rlari, ariyalar yangradi, xalq ansambllari raqs ijro etishdi.
Konsertda Irina Staroselskaya O‘zbekistonning eng keksa rus shoiri Oleg Bordovskiyni 94 yoshi bilan tabrikladi. U Pushkinga bag‘ishlagan she’rini o‘qib berdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0