O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Hamdo‘stlik bolalari” xalqaro forumida ishtirok etadi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy forum SNG "Deti Sodrujestva"
Mejdunarodniy forum SNG Deti Sodrujestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2024
Obuna bo‘lish
Issiqko‘l sohilida “Hamdo‘stlik bolalari” IX xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston maktab o‘quvchilari “Hamdo‘stlik bolalari” IX xalqaro madaniy-ma’rifiy forumida ishtirok etadi, deya xabar berdi "Asia Today".
Qirg‘izistondagi Issiqko‘l sohilida 25-iyundan 4-iyulgacha “Hamdo‘stlik bolalari” IX xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tadi.

"Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus va Rossiyadan maktab o‘quvchilar ishtirok etadi", —deyiladi xabarda.

Tadbir MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi (parlamenti) tomonidan tashkil etilmoqda.
Har bir mamlakat delegatsiyasi o‘z milliy an’ana va urf-odatlarini namoyish etadi. Tadbir ishtirokchilari ko‘rgazmalar, mahorat darslari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ma’rifiy treninglar, musiqa tanlovlari, badiiy kechalar va boshqa ko‘plab tadbirlarni o‘tkazishadi.
Loyihaning asosiy maqsadi bolalarni yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Birinchi forum 2013-yilda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida, Issiqko‘l sohilidagi pansionatda o‘tkazilgan. 2021-yilda esa “Hamdo‘stlik bolalari” forumi ilk bor Qirg‘izistondan tashqarida – Sankt-Peterburgda, 2023-yilda esa O‘zbekistonda o‘tkazilgan.
MDH yoshlari Oliy Majlis Senatida bo‘lishdi — foto
O‘zbekiston ilk bor “Hamdo‘stlik bolalari” forumiga mezbonlik qilmoqda
Do‘stlik muhitida: Toshkentda “Hamdo‘stlik bolalari” forumi bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
O‘zbekistonda "Hamdo‘stlik bolalari" forumi qanday o‘tdi — video
Yangiliklar lentasi
0