https://oz.sputniknews.uz/20240605/saudi-arabia-uzbekistan-yangi-kompaniya-44233620.html
O‘zbekiston Saudiyadan yangi kompaniyalarni jalb etadi
O‘zbekiston Saudiyadan yangi kompaniyalarni jalb etadi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi.
2024-06-05T09:19+0500
2024-06-05T09:19+0500
2024-06-05T10:36+0500
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/05/44233454_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_2764e2495e24a5fe31f01e0123056dbd.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga yangi kompaniyalarni jalb qilish ishlarni davom ettiriladi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayanni qabul qildi.Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi.Davlat rahbari "ACWA Power" bilan samarali sheriklik olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ushbu kompaniyaning mamlakat energetika tarmog‘ini "yashil" texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishdagi yetakchi o‘rni qayd etildi.Bugungi kunda joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 17 milliard dollardan oshdi.Quyidagi loyihalarni jadallashtirishga e’tibor qaratildi:Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Toshkentda o‘tgan III Xalqaro investitsiya forumida“Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurishga (6,2 mlrd $) kelishib olingan edi. Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yirik energetika loyihalariga start berilgan. Loyiha Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni nazarda tutadi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/05/44233454_53:0:1189:852_1920x0_80_0_0_544631aa578f9bf1db115ad2f4a9fc37.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev "acwa power" kompaniyasi
shavkat mirziyoyev "acwa power" kompaniyasi
O‘zbekiston Saudiyadan yangi kompaniyalarni jalb etadi
09:19 05.06.2024 (yangilandi: 10:36 05.06.2024) Shavkat Mirziyoyev "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga yangi kompaniyalarni jalb qilish ishlarni davom ettiriladi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti
matbuot xizmati. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayanni qabul qildi.
Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari "ACWA Power" bilan samarali sheriklik olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ushbu kompaniyaning mamlakat energetika tarmog‘ini "yashil" texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishdagi yetakchi o‘rni qayd etildi.
Bugungi kunda joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 17 milliard dollardan oshdi.
"Ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyadan yangi kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi", — deyiladi xabarda.
Quyidagi loyihalarni jadallashtirishga e’tibor qaratildi:
aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish;
energetika tarmog‘ini rivojlantirish va raqamlashtirish;
issiqlik ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
chiqindilarni qayta ishlash;
farmatsevtika va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish;
tibbiy klinikalar ochish;
turizm markazlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi loyihalarini ilgari surish.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Toshkentda o‘tgan III Xalqaro investitsiya forumida“Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurishga (6,2 mlrd $) kelishib
olingan edi. Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yirik energetika loyihalariga start berilgan. Loyiha Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni
nazarda tutadi.