Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Obuna bo‘lish
Hijriy taqvimga ko‘ra, bu yil hayit 17-iyunda nishonlanishi kutilmoqda. Ammo bu hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Hayit shu kuni nishonlangan taqdirda, O‘zbekistonda 3 kun ketma-ket dam olinadi.
Musulmon olamida keng nishonlanadigan, barcha musulmonlar uchun xos bo‘lgan bayramlardan biri bu hayit (iyd) bayrami hisoblanadi.
“Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Islom an’anasiga ko‘ra ikkita hayit bayram sifatida nishonlanadi: Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho).
Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0