https://oz.sputniknews.uz/20240605/mirziyoev-makka-muftiy-telefon-44244264.html
Mirziyoyev Makkada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan telefon orqali muloqot qildi
Mirziyoyev Makkada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan telefon orqali muloqot qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.
2024-06-05T18:00+0500
2024-06-05T18:00+0500
2024-06-05T18:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
makka
haj
haj amallari
shavkat mirziyoyev
saudiya arabistoni
nuriddin xoliqnazarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005100_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_9400dc3d3be4b9378a0a8be08b1f1c28.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazardan Haj ziyoratida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Prezident Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.Aytilishicha, bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli tashkil etilgan, hududlardagi Haj markazlari orqali ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi. Bu yildan boshlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratchilar tomonidan Qur’oni karimni xatm qilish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha 1 ming 515 ta xatm o‘qilib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.Davlat rahbari ziyoratchilar muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, sog‘-omon kelishlarini tiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240522/uzbekistan-haj-kvota-43989617.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005100_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_83d1fcb34fb32271f6de44d7cd1a8464.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev nuriddin xoliqnazardan haj ziyorati
mirziyoyev nuriddin xoliqnazardan haj ziyorati
Mirziyoyev Makkada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan telefon orqali muloqot qildi
18:00 05.06.2024 (yangilandi: 18:05 05.06.2024) Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazardan Haj ziyoratida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Mamlakat yetakchisi muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, o‘zbekistonliklarning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi. Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarning salomi va duolarini yetkazdi", — deb yozmoqda matbuot xizmati.
Aytilishicha, bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli tashkil etilgan, hududlardagi Haj markazlari orqali ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi.
“Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar bo‘ladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, oshpazlar, tarjimonlar va boshqa ko‘makchilar hamrohlik qiladi”, — deyiladi xabarda.
Bu yildan boshlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratchilar tomonidan Qur’oni karimni xatm qilish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha 1 ming 515 ta xatm o‘qilib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.
Davlat rahbari ziyoratchilar muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, sog‘-omon kelishlarini tiladi.
“O‘zbekistonga qaytgach, hojilar jamiyatdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga umid bildirdi”, — deya qayd etilgan xabarda.