Yengil atletika: o‘zbekistonlik sportchi xalqaro turnirda kumush medalga sazovor bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitetAnvar Anvarov
Anvar Anvarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2024
Obuna bo‘lish
Anvar Anvarov oltin medal olgan sportchi kabi natija ko‘rsatdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov Pragada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha “Josef Odlozil Memorial” xalqaro turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Yevropa bo‘ylab musobaqalarda ishtirok etayotgan Anvarov Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu startda kumush medaliga ega chiqdi.
“Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarov 7,92 metr natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
G‘oliblikka erishgan 18 yoshli chexiyalik Petr Meyndlshmid ham xuddi shunday natija ko‘rsatgan. Biroq urinishlar holatiga ko‘ra mezbon atlet oltin medalga ega chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0