O‘zbekistonga bu yil 11 mln xorijiy sayyoh jalb qilinadi

© UNWTOTuristicheskiy kompleks "Silk Road Samarkand" v Samarkande.
Turisticheskiy kompleks Silk Road Samarkand v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Obuna bo‘lish
Prezident turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 11 million xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 3-iyunya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po meram uluchsheniya turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil oktabrda Samarqandda bo‘lgan Butunjahon turizm tashkiloti forumi doirasida 2 milliard 300 million dollarlik investitsiyaviy kelishuvlarga erishilgan.
“Xorijiy investorlar tomonidan Shahrisabz tumani G‘elon va Sarchashma qishloqlari orasida 3 ming gektarli tog‘-chang‘i majmuasi tashkil qilish boshlandi. Miraki qishlog‘i bo‘yicha ham master reja ishlab chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida turizm klasteri tashkil qilinadi. 33 kilometrli Hisorak – G‘elon va Hisorak – Sarchashma yo‘li kengaytirib, ta’mirlanadi. “Chiroqchi-Sho‘rquduq” avtomobil yo‘li yaxshilanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi.
G‘elondan o‘tuvchi Oqsu darosida quvvati 24 megavattli 3 ta gidro elektr stansiya ishga tushiriladi. Natijada turizm klasterida elektrdan muammo bo‘lmaydi. Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Bunday ishlarni Ohangaron, Urgut, Nurota, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chortoq, Boysun, Sariosiyo, Baxmal, Farg‘ona kabi turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanda ham qilish mumkinligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 3-iyunya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po meram uluchsheniya turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
“Mutasaddilarga xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda bu borada master reja ishlab chiqish topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yaqinda “Boysun bahori” xalqaro etno-festivali o‘tkazilishi natijasida Surxondaryoga sayyohlar kelishi 4 karra ko‘paydi.

“Umuman, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayapti. Bu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi”, - deya qayd etilgan xabarda.

Akvapark va basseynlar qurish

Mehmonxonalarda basseynlar qurilmoqda, lekin hududlarda turistlarni o‘ziga tortadigan zamonaviy akvaparklar yo‘q.
Qayd etilishicha, tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti. Masalan, Mirishkor tumanidagi Sechanko‘l va Achinko‘l bo‘yida birorta dam olish maskani yo‘q. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ovchilik va ekoturizm uchun juda qulay.
“Shulardan kelib chiqib, akvaparklar qurish hamda ko‘llar bo‘yida loyihalar qilish uchun yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi

O‘zbekistonda sanatoriy va tibbiy muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolangan. Oxirgi besh yilda xususiy klinikalar ko‘paygani bilan atigi ikkitasi xalqaro akkreditatsiyaga ega.
“Bizda tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha yaxlit yondashuv yo‘q. Aslida, tibbiy turizmning o‘zidan yiliga 300 million dollar eksport qilish mumkin. Shu bois Janubiy Koreya, Turkiya va Hindiston tajribasi asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishi e’lon qilindi”, — deyilgan xabarda.
Endi xususiy klinikalarning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajati budjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi. Xorijga borib, targ‘ibot-diagnostika xizmatini ko‘rsatgan shifokorlarning transport va yashash xarajatlari to‘lab beriladi.
Shu maqsadda shifoxona va sanatoriylarni xalqaro sertifikatlash, malakali menejerlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 3-iyunya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po meram uluchsheniya turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalqaro gastronomik festivallar

An’anaviy festivallarning doimiy aniq sanalarini belgilash, chegaradan o‘tishni yanada soddalashtirish muhimligi qayd etildi.
Turizm rivojiga xalal berayotgan yana bir muammo transport bilan bog‘liq. Chet ellarda turoperatorlar chiptalarni kamida olti oy oldin sotib oladi, shuning uchun “sayohat to‘plami” arzon. Respublikada esa samolyot va poyezdga chipta olish qiyin, bir-ikki oy qolganda topilmaydi ham.
“Shu bois Transport vazirligiga xalqaro reyslarni ko‘paytirish, barcha qatnovlar haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi”, — deya qayd etildi xabarda.
“Milliy turizm brendi”ga kontent yaratish uchun tanlov o‘tkaziladi. Bu yil Toshkentda, kelgusi yilda Xivada xalqaro gastronomik festivallar tashkil etilib, 300 dan ziyod milliy taomlarimiz targ‘ib qilinadi. “Elektron-viza” tizimi yanada takomillashtirilib, mobil ilovasi ham ishga tushiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 3-iyunya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po meram uluchsheniya turisticheskoy infrastrukturi v regionax i uvelicheniyu potoka inostrannix turistov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Prezident turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi.
Mutasaddilar bu yil 11 million xorijiy sayyohni jalb etish hamda turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoni borligini aytib, rejalari yuzasidan axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0