https://oz.sputniknews.uz/20240604/tashkent-nijniy-novgorod-ishchi-44225392.html
Toshkent viloyatidan Nijniy Novgorodga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi
Toshkent viloyatidan Nijniy Novgorodga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etadi.
2024-06-04T15:14+0500
2024-06-04T15:14+0500
2024-06-04T15:14+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/04/44225076_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f9acaeea11c154fbb2d668ceb62d6bf1.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Rossiya Federatsiyasining Avtonom notijorat tashkiloti Mintaqaviy kadrlar agentligi hamda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi o‘rtasida memorandum imzolandi.Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi tashrif davomida Toshkent viloyatidagi o‘quv markazlarida mehnat migrantlarining Rossiyada qonuniy ishga joylashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bilan tanishdi.Ularga til o‘rgatish kurslarida o‘qish, rossiyalik ish beruvchilar talabiga binoan malaka oshirish, fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldin keng qamrovli tayyorlash ishlari xususida tushuntirishlar berildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Ortiqxo‘ja Norov 2024-yil boshidan buyon 23,5 ming kishi xorijga ishga joylashtirilganini ma’lum qilgan edi. 23 535 kishiga Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya, Latviya, Belarus, Litva, Yaponiya, Polsha va boshqa davlatlarda tashkiliy va manzilli tartibda ishga joylashishiga ko‘maklashilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/04/44225076_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_dfd762e9e119703b8dbd9bdec7ed2b93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston nijniy novgorod ishchi migrantlar
o‘zbekiston nijniy novgorod ishchi migrantlar
Toshkent viloyatidan Nijniy Novgorodga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi
O‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etadi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Rossiya Federatsiyasining Avtonom notijorat tashkiloti Mintaqaviy kadrlar agentligi hamda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
“Muzokaralar chog‘ida viloyatdan qishlok ho‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarurligi, o‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etishi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi tashrif davomida Toshkent viloyatidagi o‘quv markazlarida mehnat migrantlarining Rossiyada qonuniy ishga joylashish bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar bilan tanishdi.
Ularga til o‘rgatish kurslarida o‘qish, rossiyalik ish beruvchilar talabiga binoan malaka oshirish, fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldin keng qamrovli tayyorlash ishlari xususida tushuntirishlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Ortiqxo‘ja Norov 2024-yil boshidan buyon 23,5 ming kishi xorijga ishga joylashtirilganini ma’lum qilgan edi. 23 535 kishiga Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya, Latviya, Belarus, Litva, Yaponiya, Polsha va boshqa davlatlarda tashkiliy va manzilli tartibda ishga
joylashishiga ko‘maklashilgan.