NATO qo‘shinlarini AQShdan Yevropaga ko‘chirish rejasini tayyorlamoqda — OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAmerikanskie voyennie na ucheniyax NATO
Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
Obuna bo‘lish
Telegraph: NATO Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda AQShdan qo‘shinlarni olib o‘tish rejasini tayyorlamoqda.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda AQShdan Yevropaga qo‘shinlarni o‘tkazish rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda Britaniyaning "Telegraph" gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“NATO Yevropada Rossiya bilan yirik quruqlik urushi yuz bergan taqdirda amerikalik askarlari va zirhli texnikalarini jadallik bilan frontga olib chiqish uchun bir nechta “quruqlik yo‘laklari” ustida ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

Taxminlarga ko‘ra, AQSh Qurolli kuchlari oldindan belgilangan beshta portdan biriga joylashadi va keyin tayyorlangan logistika marshrutlari bo‘ylab o‘tkaziladi, deya aniqlik kiritdi nashr suhbatdoshlari.
AQSh nega yadroviy qurolini Yevropada joylashtirgani ma’lum bo‘ldi
Gazetaga ko‘ra, NATO Amerika qo‘shinlarini Niderlandiyaga tushirishni rejalashtirmoqda, u yerdan ular temir yo‘l orqali Germaniya orqali Polshaga yetkaziladi. Alyans Norvegiya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Shvetsiya, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari portlarini ham jalb qilmoqchi.
Yaratilgan transport yo‘laklarida qo‘shinlar “odatda qo‘yiladigan cheklovlarsiz” harakatlana oladi, deyiladi materialda.
Tanki Leopard 2E na parade v Rige - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2024
"Alyansning zaif nuqtasi." NATOning Rossiya bilan urush ssenariysi oshkor qilindi
Yangiliklar lentasi
0