O‘zbekiston MDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumida ishtirok etadi
10:00 03.06.2024 (yangilandi: 10:39 03.06.2024)
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. ChexovaMDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. Chexova
Obuna bo‘lish
Forumga dunyoning 9 davlatidan 35 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq rejissor, aktor, sahna rassomi va teatr tanqidchilari keladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Bugun Olmaotada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarining beshinchi yoshlar teatr forumi ish boshlaydi. Bu haqda Chexov nomidagi teatr festivali matbuot xizmati xabar berdi.
"Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiyadan 35 yoshgacha bo‘lgan 200 nafardan ortiq rejissorlar, aktorlar, sahna rassomlari va teatr tanqidchilari ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Forumni o‘tkazishdan maqsad — madaniy aloqalarni saqlash va rivojlantirish, yosh teatr rahbarlarini aniqlash va birlashtirish, shu orqali MDH mamlakatlari ijodkor yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik shakllarini kengaytirishga ko‘maklashish.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. ChexovaMDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
MDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. Chexova
Tadbir doirasida sahna ko‘rinishlari, ijodkorlar katalogi taqdimoti, yosh dramaturglarning pyesa to‘plamlari, mahorat saboqlari, ma’ruzalar, seminarlar o‘tkaziladi.
Professional hakamlar hay’ati g‘oliblarni aniqlaydi, ularga pul mukofotlari va MDH mamlakatlari Yoshlar teatr forumining birlashtiruvchi ramzi – oltin, kumush va bronza soyabon ko‘rinishidagi esdalik sovg‘alari topshiriladi.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. ChexovaMDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
MDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. Chexova
Forumning eng yaxshi spektakli 2025-yilda Moskvada bo‘lib o‘tadigan XVII Chexov xalqaro teatr festivalida ishtirok etadi.
“Loyiha ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, teatr san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shish va xalqaro madaniy aloqalar uchun yangi ufqlarni ochish imkonini beradi. Forum muloqot maydonini yaratish orqali teatr kelajagini belgilab beruvchi navqiron avlodning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga imkoniyat yaratadi, ijodiy o‘sish va taraqqiyotga turtki beradi”, – deydi Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova.
“Kelajak teatri” laboratoriyasi teatr san’atining yangi yo‘nalishlari va konsepsiyalarini tadqiq qilish, muhokama qilish va shakllantirish uchun yosh teatr yetakchilari yig‘iladigan noyob makondir. U rejissorlar, dramaturglar, sahna ijodkorlari, teatr mutaxassislari birgalikda kelajak arxitektorlari rolini o‘ynashadi va ularning izlanishlari va muhokamalari teatr ishining rivojlanish vektorlarini bashorat qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. ChexovaMDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
MDH davlatlarining beshinchi yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi, arxiv surat.
© Mejdunarodniy teatralniy festival im. A.P. Chexova
Shuningdek, yosh teatr rassomlarining "Ssenografik kollaj" ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya va O‘zbekistondan 15 nafar sahna rassomlarining asarlari namoyish etiladi.
Yoshlar teatr forumi 9-iyunga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya davlatlarining Yoshlar teatr forumi har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Tadbir 2012-yilda Kishinyovda (Moldova), 2015-yilda Minskda (Belarus), 2018-yilda Yerevanda (Armaniston), 2021-yilda esa Toshkentda (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tgan.
Ikki-uch yillik tayyorgarlik jarayonida yosh rejissorlarning spektakllari, teatr rassomlari asarlari, yosh dramaturglarning spektakllari tanlab olinadi. Har bir forumga MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziyadan 300 nafarga yaqin kishi keladi. Forumning 12-yillik faoliyati davomida ishtirokchilarning umumiy soni 1000 nafar, tomoshabinlar soni esa 20 000 nafardan ortiq.