BMT dunyoning barcha davlatlarini Falastinni tan olishga chaqirdi

© FOTOFlag Gosudarstva Palestini
Flag Gosudarstva Palestini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2024
Obuna bo‘lish
BMT maxsus ma’ruzachilari barcha davlatlarni Falastinni tan olishga chaqirdi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maxsus ma’ruzachilari Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun barcha davlatlarni Falastinni tan olishga chaqirdi. Bu haqda BMT maxsus ma’ruzachilarining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan bayonotida keltirilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Barcha davlatlar BMTga a’zo 146 ta davlatdan o‘rnak olishlari va Falastin davlatini tan olishlari va G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z ixtiyoridagi barcha siyosiy va diplomatik resurslardan foydalanishlari kerak”, — deyiladi hujjatda.

BMT ekspertlarining fikricha, bu Falastinda va butun Yaqin Sharqda barqaror tinchlikka erishishning zaruriy sharti, shuningdek, “Falastin xalqi huquqlari, uning ozodlik va mustaqillik uchun kurashi va azob-uqubatlarining muhim tan olinishi”.
Ular BMT Bosh Assambleyasi Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘pchilik ovoz - 143 ovozga qarshi – 9 ovoz berganidan so‘ng Falastinning Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya tomonidan yaqinda tan olinishini olqishladi.
“30 yildan ko‘proq vaqt oldin Oslo kelishuvlaridan buyon barqaror tinchlik va ishg‘olga barham berish istiqbollari noaniq bo‘lib qolsa-da, siyosiy yechimdan voz kechmaslik kerak. Ikki davlat qarori Falastin va Isroil uchun tinchlik va xavfsizlikka olib boruvchi xalqaro miqyosda tan olingan yagona yo‘l hamda o‘nlab yillar davom etgan zo‘ravonlik va norozilik davralaridan chiqish yo‘li bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi maxsus vakillar bayonotida.
Demonstranti derjat palestinskiy i siriyskiy flagi v podderjku Palestini v sentre Manxettena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Ispaniya Falastinni davlat sifatida tan oldi
Yangiliklar lentasi
0