https://oz.sputniknews.uz/20240602/tashkent-markaziy-osiyo-china-forum-44194041.html
Toshkent "Markaziy Osiyo -Xitoy" forumiga mezbonlik qiladi — tafsilotlar
Toshkent "Markaziy Osiyo -Xitoy" forumiga mezbonlik qiladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Forum 4-iyun kuni “Umumiy farovonlik va barqaror taraqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzuyida bo‘lib o‘tadi.
2024-06-02T15:16+0500
2024-06-02T15:16+0500
2024-06-02T15:16+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
rossiya
forum
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37431868_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_4f4254311c26c90b9444c88ed2e1be08.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkentda tahlil markazlarining "Markaziy Osiyo -Xitoy" IV forumi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.Forum 4-iyun kuni “Umumiy farovonlik va barqaror taraqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzuyida bo‘lib o‘tadi.Tadbir Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.Tadbirda 20 ta ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlardan 40 dan ortiq mutasaddi va ekspertlar, XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etadi.Forum yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari belgilab olinadi, shuningdek, yangi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqiladi.Ma’lumot uchun, forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil may oyida Sian shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari sammitida bildirilgan tashabbuslarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37431868_575:237:2648:1792_1920x0_80_0_0_4a7c051c7ac0ac9b15c3bee89c0a6184.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent tahlil markazlari markaziy osiyo -xitoy iv forumi
toshkent tahlil markazlari markaziy osiyo -xitoy iv forumi
Toshkent "Markaziy Osiyo -Xitoy" forumiga mezbonlik qiladi — tafsilotlar
Forum 4-iyun kuni “Umumiy farovonlik va barqaror taraqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzuyida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkentda tahlil markazlarining "Markaziy Osiyo -Xitoy" IV forumi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Forum 4-iyun kuni “Umumiy farovonlik va barqaror taraqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzuyida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirda 20 ta ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlardan 40 dan ortiq mutasaddi va ekspertlar, XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etadi.
“Forumning kun tartibi XXR va MO mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatiga oid masalalar, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, “yashil” energetik hamda transport-logistika va innovatsion sohalarda har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokamasini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
Forum yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida XXR va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari belgilab olinadi, shuningdek, yangi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqiladi.
Ma’lumot uchun, forum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil may oyida Sian shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari sammitida bildirilgan tashabbuslarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.