Nuroniylar bilan uchrashuv, “Yangi O‘zbekiston” massivi — Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Obuna bo‘lish
Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Nuroniylar Buxoroda ishga tushirilayotgan va qurilayotgan korxonalarning aholi bandligidagi ahamiyatini qayd etib, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Shavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
Loyiha ikki bosqichli bo‘lib, 1 ming 380 xonadonli 71 ta ko‘p qavatli uy, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazi hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda birinchi bosqichda 12 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika foydalanishga topshirilgan. Prezident shu yerda mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv Yangi Uzbekiston v Karakulskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
“Mahallada “yettilik” hamfikr va hamjihat bo‘lsa, ishsizlik, jinoyat bo‘lmaydi. Buning uchun ularda yetarli vakolat bor. Mutasaddi tashkilotlarni jalb etib, odamlarning daromad topishiga yordam berish kerak. Maktabda ta’lim sifatidan xabardor bo‘lish, bitiruvchilarni oliy ta’limga, daromadli hunarlarga yo‘naltirish zarur”, - dedi davlat rahbari.
Atrofni, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kelgusida hududda istirohat bog‘i va suzish havzalari tashkil etiladi. Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv Yangi Uzbekiston v Karakulskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida ta’mirlangan avtomobil yo‘lini ham ko‘zdan kechirdi.
Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Qorako‘l tumanidan o‘tgan bir qismi namunaviy shaklga keltirildi. Loyihaga ko‘ra, 4 tasmali yo‘l yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Bunda mustahkamligi yuqori innovatsion materiallardan foydalanilgani evaziga yo‘lning sifati oshgan. Masalan, hozirgi an’anaviy asfalt yo‘llar o‘n besh yil atrofida qayta qurilsa, yangi loyiha bo‘yicha yigirma yilgacha xizmat qiladi. Ularni joriy ta’mirlash oralig‘i ham uzayadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
Davlat rahbari aholi manfaatiga qaratilgan bunday ishlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
“Asosiy vazifa - yo‘llarda sifat va madaniyatni ta’minlash”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident daraxt ekish yo‘l qurilishi bilan birga olib borilishi shart ekanini ta’kidladi. Shu yerda transport va bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi.
G‘ijduvon tumanidan Turkmaniston chegarasigacha 155 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish loyihasi ma’qullandi. Yo‘lsozlik sohasida kadrlar tayyorlash, mutaxassislarning rivojlangan davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
Buxoro shahrini rivojlantirish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i bunyod etilishi rejalashtirilgan. Bog‘da Buxoro tarixi zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Buxaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yirik majmualar qurilishini boshlab berdi
Yangiliklar lentasi
0