Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Belgorod viloyatida Ukraina dronlari yo‘q qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO
Rabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi dron yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi to‘xtatildi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Belgorod viloyati osmonida ikkita Ukraina dronini urib tushirdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Moskva vaqti bilan taxminan 10:45 da Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi dron yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.
Bungacha harbiy idora Moskva vaqti bilan taxminan 08:30 da Belgorod viloyati osmonida Ukrainaning ikkita droni yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, gubernator Vacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari viloyat markaziga yaqinlashganda havo nishonlarini urib tushirgan, hech kim jabrlanmagan.
Ukraina Qurolli kuchlari deyarli har kuni Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini o‘qqa tutmoqda, dronlardan zarbalar berib, diversiyalar amalga oshirmoqda.
Amerikanskaya visokomobilnaya raketno-artilleriyskaya sistema operativno-takticheskogo naznacheniya HIMARS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
AQSh Ukrainaga HIMARS yordamida Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berdi
Yangiliklar lentasi
0