https://oz.sputniknews.uz/20240531/tramp-hujjatlarni-qalbakilashtirishda-aybdor-deb-topildi-44166492.html
Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
2024-05-31T17:26+0500
2024-05-31T17:26+0500
2024-05-31T17:26+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
donald tramp
sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37591465_0:320:3071:2047_1920x0_80_0_0_e4f44810f328ef638f2cce665c8913ef.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Nyu-York sudi hakamlar hay’ati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni ish hujjatlarini soxtalashtirish bo‘yicha jinoiy ishda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.Trampga nisbatan sud hukmi 11-iyulga belgilangan. U hukm ustidan shikoyat qilish huquqiga ega va bu uning prezidentlikka nomzodini qo‘yishiga to‘sqinlik qilmaydi.Trampning o‘zi hakamlar hay’ati qarorini sharmandalik deb atadi va u begunoh ekanini, “oxirigacha kurashishini” aytdi. U jarayonni olib borgan sudyani korrupsiyada va uning manfaatlariga putur yetkazayotganlikda aybladi.Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson hukmni sharhlar ekan, bu “Amerika tarixidagi sharmandali kun” ekanini aytdi.Amerika ma’muriyatining vakili Ian Sems, o‘z navbatida, Oq uyda “qonun ustuvorligi hurmat qilinishini” aytdi va qo‘shimcha izoh berishdan tiyildi. Jo Baydenning saylovoldi shtab-kvartirasi esa “qonun hamma narsadan ustun” deb e’lon qildi va amerikaliklarni Trampning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.Sobiq prezident ikki ayolga munosabatlar haqida sukut saqlashlari uchun pul to‘lagan holda ish hujjatlarini soxtalashtirishda ayblanmoqda. Birlashtirilgan ayblovlar uchun maksimal mumkin bo‘lgan jazo 136-yil qamoqdir.Trampning o‘zi aybsizligini va ish qo‘zg‘atishga asos yo‘qligini e’lon qildi. Uning fikricha, ta’qiblar faqat siyosiy sabablarga ko‘ra va uning yana prezidentlik uchun kurash olib borish niyati bilan bog‘liq.
https://oz.sputniknews.uz/20240518/aqshdagi-saylovlargacha-jahon-urushi-boshlanishi-mumkin-tramp-43936171.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/04/37591465_686:331:2974:2047_1920x0_80_0_0_32d84df064bbfb9f099be751cfb66ebd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi
Trampning o‘zi hakamlar hay’ati qarorini sharmandalik deb atadi va u begunoh ekanini, “oxirigacha kurashishini” aytdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Nyu-York sudi hakamlar hay’ati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni ish hujjatlarini soxtalashtirish bo‘yicha jinoiy ishda aybdor deb topdi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Trampga nisbatan sud hukmi 11-iyulga belgilangan. U hukm ustidan shikoyat qilish huquqiga ega va bu uning prezidentlikka nomzodini qo‘yishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Trampning o‘zi hakamlar hay’ati qarorini sharmandalik deb atadi va u begunoh ekanini, “oxirigacha kurashishini” aytdi. U jarayonni olib borgan sudyani korrupsiyada va uning manfaatlariga putur yetkazayotganlikda aybladi.
“Men mutlaqo begunoh odamman, lekin hammasi joyida, men mamlakatimiz uchun, konstitutsiyamiz uchun kurashaman", - deb qo‘shimcha qildi sobiq prezident.
Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson hukmni sharhlar ekan, bu “Amerika tarixidagi sharmandali kun” ekanini aytdi.
Amerika ma’muriyatining vakili Ian Sems, o‘z navbatida, Oq uyda “qonun ustuvorligi hurmat qilinishini” aytdi va qo‘shimcha izoh berishdan tiyildi. Jo Baydenning saylovoldi shtab-kvartirasi esa “qonun hamma narsadan ustun” deb e’lon qildi va amerikaliklarni Trampning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Sobiq prezident ikki ayolga munosabatlar haqida sukut saqlashlari uchun pul to‘lagan holda ish hujjatlarini soxtalashtirishda ayblanmoqda. Birlashtirilgan ayblovlar uchun maksimal mumkin bo‘lgan jazo 136-yil qamoqdir.
Trampning o‘zi aybsizligini va ish qo‘zg‘atishga asos yo‘qligini e’lon qildi. Uning fikricha, ta’qiblar faqat siyosiy sabablarga ko‘ra va uning yana prezidentlik uchun kurash olib borish niyati bilan bog‘liq.