Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Putinning O‘zbekistonga tashrifiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

© POOL / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda 4-iyun kuni soat 11.00 da Sputnik multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan anjumanga jurnalistlar taklif qilinadi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sputnik matbuot markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani 4-iyun kuni soat 11.00 da (Toshkent vaqti) Sputnik multimedia matbuot markazida Moskva-Toshkent videoko‘prigi formatida bo‘lib o‘tadi.

Unda Moskvadan — IMEMO RAN Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin va Toshkentdan – O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulevlar ishtirok etadi.
Anjumanda ekspertlar quyidagi va boshqa savolllarga javob beradi: Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy natijalari qanday? Erishilgan asosiy kelishuvlar. Yaqin kelajakda Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi doirasida qanday yangi loyihalar amalga oshiriladi? Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalari va sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kontaktlar: +99897 1907178, @alisherakimbaev.
Yangiliklar lentasi
0