Tailand O‘zbekiston uchun vizani bekor qilmoqda

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tailand
Strani mira. Tailand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2024
Obuna bo‘lish
Tailand 35 ta davlat, jumladan O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy etadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari Tailandda 60 kun davomida vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar qildi Tailand tashqi ishlar vazirligi.
Tailand hukumati bir qator mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun viza talablarini bekor etdi. Tegishli qonun 2024-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Tailand hukumati vakilining qayd etishicha, sayyohlar mamlakatda ikki baravar ko‘p qolishlari mumkin bo‘ladi: avvalgidek 30 kun o‘rniga 60 kungacha.
Mamlakat jami 36 davlat uchun vizani bekor qilmoqda. Ular orasida Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash davlatlari ham bor.
O‘zbekiston ham vizasiz rejim amal qiluvchi davlatlar qatoridan joy oldi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ushbu mamlakatda 60 kungacha vizasiz qolishi mumkin.
Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Baku, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz safar qilish muddati uzaytirildi
Yangiliklar lentasi
0