Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish muhokama qilinadi.

Rossiya O‘zbekistonga gaz eksportini oshirishga tayyor — Putin

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Obuna bo‘lish
Putin: Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga eksport qilish muddatidan ancha oldin amalga oshirilmoqda, Rossiya Federatsiyasi ushbu hajmni oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokarada ma’lum qildi.
“Alohida aytib o‘tmoqchimanki, 2023-yil 7-oktabrda siz va men va Qozog‘iston prezidenti Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshladik. Hozirda eksport muddatidan ancha oldin amalga oshirilmoqda, agar kerak bo‘lsa, biz bu hajmni oshirishga tayyormiz”, — dedi Putin.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Rossiya elchisi Oleg Malginov Moskva va Toshkent O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni muhokama qilayotganini aytgan edi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2024
Matbuot markazi
Rossiya va O‘zbekiston: gaz sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Yangiliklar lentasi
0