OAV: Avstraliya Rossiya va Xitoy rejasidan xavotirda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina i predsedatelya KNR Si Szinpina
Vstrecha prezidenta RF V. Putina i predsedatelya KNR Si Szinpina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Obuna bo‘lish
OAV: Rossiya va Xitoy BRIKS uchrashuvlarida janubiy davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. BRIKS va ShHTning 2024-yildagi tadbirlari Rossiya va Xitoyga Global Janub bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash imkonini beradi. Bu haqda RIA Novosti "Sky News Australia" nashriga tayanib xabar berdi.
“Ular (Rossiya va Xitoy. - Tahr.) Global Janub bilan aloqalarni hech qanday manipulyatsiyasiz rivojlantirishni xohlaydi. <...> Ularning ushbu dasturi joriy yil oxirida ShHT va BRIKSning yangi a’zolari sammitlarida yanada rivojlantiriladi”, — deyiladi maqolada.
Nashrning ta’kidlashicha, Moskva va Pekin hech qachon Global janubdagi davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun siyosiy yoki iqtisodiy bosimga murojaat qilmaydi. Bu siyosat Rossiya va Xitoyni Vashington va uning ittifoqchilaridan ajratib turadi.
Moskva, Pekin va Global janub mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi ko‘p qutbli dunyoda muqobil kuch markazlarini shakllantirishga yordam beradi.
“G‘arb shafqatsiz haqiqatga duch keldi. <...> Ularda (Rossiya va Xitoyda. – Tahr) G‘arbda allaqachon tugagan vaqt (o‘z rejalarini amalga oshirish uchun. – Tahr) bor”, — deyiladi maqolada.
Yangiliklar lentasi
0