https://oz.sputniknews.uz/20240527/putin-mirziyoev-muzokaralar-44075736.html
Putin va Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralarida nima haqida so‘z bordi?
Putin va Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralarida nima haqida so‘z bordi?
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetdi. 27.05.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-05-27T14:19+0500
2024-05-27T14:19+0500
2024-05-27T15:03+0500
vladimir putinning o‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
siyosat
o‘zbekiston
toshkent
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44080525_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_c23c72c69f46455fac49fc9d552de173.jpg
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga tashrif uchun minnadorlik bildirdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish sur’atlari tu’sirli, savdo-iqtisodiy aloqalar diversifikatsiya qilinmoqda va yaxshi istiqbolga ega.Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasining 28 ta hududi rahbarlari ishtirok etadi.Rossiya va O‘zbekiston mintaqalari forumi hamkorlikning juda muhim yo‘nalishi bo‘lib, Rossiya uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga katta delegatsiya bilan kelganini izohladi.Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar diversifikatsiya qilinmoqda va yaxshi istiqbolga ega, ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi va yuqori texnologiyalar sohasida, dedi Rossiya prezidenti.O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tashrifga tayyorgarlik doirasida parlament a’zolarining uchrashuvlari, siyosiy maslahatlashuvlar, "Innoprom" ko‘rgazmasi, ikki mamlakat yetakchi muhandislik-texnik oliy o‘quv yurtlari rektorlari va nufuzli tibbiyot muassasalari rahbarlarining anjumanlari samarali o‘tdi, Toshkentda Rus san’ati haftaligi tadbirlari davom etmoqda.Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va Rossiyadan investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, sanoat kooperatsiyasi rivojlanmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etdi.Bugun davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yetakchilar energetika, shu jumladan atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilishadi.Tashrif davomida Madaniy hamkorlik dasturi qabul qilinadi.Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etishadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44080525_143:0:2874:2048_1920x0_80_0_0_ca3b247389ba7488cba50d169cd21450.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, toshkent, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, shavkat mirziyoyev, vladimir putin
siyosat, o‘zbekiston, toshkent, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, shavkat mirziyoyev, vladimir putin
Putin va Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralarida nima haqida so‘z bordi?
14:19 27.05.2024 (yangilandi: 15:03 27.05.2024) Mirziyoyev: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetdi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga tashrif uchun minnadorlik bildirdi.
“Birinchi tashriflaringizdan birini O‘zbekistonga amalga oshirganingizdan minnatdorman - bu O‘zbekistonga va uning ko‘p millatli xalqiga bo‘lgan katta hurmatdir”, — dedi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetdi.
“Birinchi marta siz va men 63 ta uch banddan iborat “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik va o‘sish bor. Tovar ayirboshlash haqida gapiradigan bo‘lsak, biz 10 mlrd dollarga yetdik. Bu juda yaxshi o‘sish. Biz hozir 20 mlrd dollarga yetish ustida ishlayapmiz”, — deya qayd etdi O‘zbekiston rahbari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish sur’atlari tu’sirli, savdo-iqtisodiy aloqalar diversifikatsiya qilinmoqda va yaxshi istiqbolga ega.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasining 28 ta hududi rahbarlari ishtirok etadi.
“Qachonki biz hududlarga aralashmay, ularga yordam bersak, natija juda yuqori bo‘ladi”, – dedi Mirziyoyev Putin bilan tor doiradagi muzokaralar chog‘ida.
Rossiya va O‘zbekiston mintaqalari forumi hamkorlikning juda muhim yo‘nalishi bo‘lib, Rossiya uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
“Siz mintaqalar forumi haqida gapirdingiz, menimcha, bu juda muhim yo‘nalish. Bu yerda asosiysi, odamlarga, siz aytganingizdek, sharoit yaratishga to‘sqinlik qilmaslik kerak va biz buni hech bo‘lmaganda Rossiyada amalga oshirishga harakat qilamiz. Bilaman, siz ham xuddi shunday munosabatdasiz. Ishonchim komilki, bu haqiqatan ham savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarimiz rivojiga yordam beradi”, — dedi Putin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga katta delegatsiya bilan kelganini izohladi.
“Rossiyadan bunday vakillik delegatsiyasining O‘zbekistonga kelgani strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlaydi”, — deya ta’kidladi u.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar diversifikatsiya qilinmoqda va yaxshi istiqbolga ega, ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi va yuqori texnologiyalar sohasida, dedi Rossiya prezidenti.
“Sizning sa’y-harakatlaringiz, O‘zbekiston hukumatining sa’y-harakatlari tufayli savdo-iqtisodiy munosabatlarimiz, ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi va yuqori texnologiyalar sohasida turli xil tus olmoqda va yaxshi istiqbolga ega, —dedi Putin.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
ma’lum qilishicha, tashrifga tayyorgarlik doirasida parlament a’zolarining uchrashuvlari, siyosiy maslahatlashuvlar, "Innoprom" ko‘rgazmasi, ikki mamlakat yetakchi muhandislik-texnik oliy o‘quv yurtlari rektorlari va nufuzli tibbiyot muassasalari rahbarlarining anjumanlari samarali o‘tdi, Toshkentda Rus san’ati haftaligi tadbirlari davom etmoqda.
Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va Rossiyadan investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, sanoat kooperatsiyasi rivojlanmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etdi.
"Yetakchi korxonalarning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.
Bugun davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yetakchilar energetika, shu jumladan atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qilishadi.
Tashrif davomida Madaniy hamkorlik dasturi qabul qilinadi.
"Ta’lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etishadi.