Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish muhokama qilinadi.

Mirziyoyev va Putin muzokaralari: O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarida yangi bosqich boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalis peregovori delegatsiy Uzbekistana i Rossii v rasshirennom formate
Sostoyalis peregovori delegatsiy Uzbekistana i Rossii v rasshirennom formate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyada O‘zbekistonning to‘laqonli savdo vakolatxonasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatadi. Bunday fikrni Shavkat Mirziyoyev ikki davlat yetakchilarining keng tarkibdagi muzokaralari davomida bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti muzokaralar haqida fikr bildirib, ikki davlat munosabatlarida ilgari hech qachon bunday mazmunli sanoat dasturi bo‘lmaganini ta’kidladi.
Mirziyoyev Putin bilan birgalikda mehnat migratsiyasi sohasida tartib o‘rnatishini aytdi.
“Biz mehnat migratsiyasi kabi nozik masalaga alohida e’tibor qaratdik, tizimli hamkorlikni tashkil etish, samarali mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladik. Vladimir Vladimirovichning ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz baribir bu masalaga har ikki tomondan kerakli tartibni kiritamiz”, — dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasini 30 mlrd dollarga yetkazadi.
“Bugun hurmatli Vladimir Vladimirovich bilan men yangi maqsadlarga – yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldik. Buning uchun salohiyat va barcha imkoniyatlar mavjud”, deydi O‘zbekiston prezidenti.
Ushbu vazifani amalga oshirishga ko‘maklashish uchun Rossiyada O‘zbekistonning to‘laqonli savdo vakolatxonasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar, hududlar, jamoatchilik, ekspertlar va ishbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.
"Bu maqsadda Bosh vazirlar darajasidagi Qo‘shma komissiya va Hukumatlararo komissiyaning imkoniyatlaridan to‘liq foydalaniladi, ularning navbatdagi yig‘ilishlari shu yil oxirigacha o‘tkaziladi. Shuningdek, muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni, BMT, MDH, ShHT kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamda boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi", — deyiladi xabarda.
Bugungi sammitga energetika, metallurgiya, neft-kimyo, mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika, farmatsevtika, sun’iy intellekt va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda 20 milliard dollardan ortiq qiymatda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalari tayyorlandi.
Bu kabi loyihalarni ilgari surish uchun qo‘shma Investitsiya platformasi ishga tushiriladi.
Energetika sohasida gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish, uglevodorodlarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0