Hukumat huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi — yangi farmon

© Sputnik/Abdubakir YunusovAgentstvo po razvitiyu atomnoy energetiki "Uzatom".
Agentstvo po razvitiyu atomnoy energetiki Uzatom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Obuna bo‘lish
Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanishda davlat boshqaruvi va nazorati tizimi takomillashtiriladi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezident “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vaTog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi.
Bunda qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
XAEA O‘zbekistonni yadroviy infratuzilmani yaratishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor — ekspert
Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0