Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish muhokama qilinadi.

Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi boshlandi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev shaxsan o‘zi kutib oldi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadilar.
Yangiliklar lentasi
0