O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish haqida – video
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
So‘nggi uch yilda bizda qayta tiklanadigan elektr energiyasini (QTEM) rivojlantirish faollashdi – ekspert.
Deyarli har bir viloyatda quyosh yoki shamol elektr stansiyalari qurilmoqda. Bu haqda "Norma" kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
"Hozirgacha 1,6 gigavatt quvvat beradigan 9 ta yirik stansiya qurilgan. Joriy yilda yana 2,6 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 14 ta stansiya quriladi. Bundan tashqari, 0,2 gigavatt quvvat beradigan kichik va o‘rta GESlar qurilmoqda. Shuningdek, ko‘plab binolarda, sanoat obyektlarida va uylarning tomlarida quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular 0,5 gigavatt quvvat beradi", – dedi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha 85 mlrd kVt/s eneregiya ishlab chiqish, bunda QTEM hissasi 13 mlrd kVt/s yoki 15 %ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston qisqa muddatda yuksak natijalarga erishdi. 2030-yilgacha umumiy quvvati 8 gigavatt bo‘lgan yana 28 ta stansiya quriladi.
"O‘zbekiston 2030-yilgacha energiya ta’minotining 25 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ta’minlash vazifasini qo‘ygan. Bu juda katta o‘sish", – deya qo‘shimcha qildi u.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.