OTMlarga o‘qishga qabul qilishda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi — prezident farmoni

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2024
Obuna bo‘lish
2024/2025 o‘quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonda OTMlarga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili qabulidan:
davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi OTMlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
davlat granti kvotalarining OTMlar kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha OTMning umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2025-yildan davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4-yillik davr uchun tasdiqlanadi.
Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi. 2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
Bunda:
ta’lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3-yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0