https://oz.sputniknews.uz/20240524/razvedka-xizmatlarining-rolini-kuchaytirish-zarur-sadir-japarov-44021040.html
Hech bir davlat terrorchilikni yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi — Sadir Japarov
Hech bir davlat terrorchilikni yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi — Sadir Japarov
Sputnik O‘zbekiston
Hech bir davlat terrorchilikni yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi, Razvedka xizmatlarining rolini kuchaytirish zarur — Japarov.
2024-05-24T14:26+0500
2024-05-24T14:26+0500
2024-05-24T14:26+0500
qirg‘iziston
sadir japarov
xavfsizlik
mdh
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0c/42453072_0:0:2828:1591_1920x0_80_0_0_a9da6d91bfab52984fec41ad95e9fdc2.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Hamdo‘stlik mamlakatlarida tobora keng tarqalayotgan ekstremistik-terroristik tahdidga qarshi kurash bo‘yicha muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, MDHga a’zo davlatlar razvedka xizmatlari rahbarlari kengashida. “Dunyoning hech bir davlati terrorizm tahdidini yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi”, — dedi Japarov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlarining 54-yig‘ilishda. Prezident Qirg‘iziston MDHga a’zo davlatlar integratsiyasini mustahkamlash va ko‘p tomonlama formatdagi o‘zaro hamkorlikni oshirishga sodiqligini tasdiqladi. U Xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlar rahbarlari kengashi tashkil etilganidan buyon Hamdo‘stlik xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy chaqiriqlarga qarshi kurashish sohasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rayotganini ham aytib o‘tdi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0c/42453072_99:0:2828:2047_1920x0_80_0_0_fdaf66bf6b185aca874168db4645de74.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh terrorchilik japarov
Hech bir davlat terrorchilikni yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi — Sadir Japarov
Qirg‘iziston prezidenti terrorizmga qarshi kurashda MDH davlatlari razvedka xizmatlarining birgalikdagi faoliyati muhimligini qayd etdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Hamdo‘stlik mamlakatlarida tobora keng tarqalayotgan ekstremistik-terroristik tahdidga qarshi kurash bo‘yicha muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, MDHga a’zo davlatlar razvedka xizmatlari rahbarlari kengashida.
“Dunyoning hech bir davlati terrorizm tahdidini yolg‘iz o‘zi yenga olmaydi”, — dedi Japarov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlarining 54-yig‘ilishda.
“O‘sib borayotgan noaniqlik, notinchlik va mojarolar bilan tavsiflangan dunyoda davom etayotgan o‘zgarishlar, shuningdek, 22-mart kuni Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll”da ko‘plab qurbonlar bilan yuz bergan so‘nggi fojiali voqealar razvedka xizmatlarining rolini kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ularning faoliyatini takomillashtirish va davlatlarimiz xavfsizligini ta’minlash yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarur”, — dedi Japarov.
Prezident Qirg‘iziston MDHga a’zo davlatlar integratsiyasini mustahkamlash va ko‘p tomonlama formatdagi o‘zaro hamkorlikni oshirishga sodiqligini tasdiqladi. U Xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlar rahbarlari kengashi tashkil etilganidan buyon Hamdo‘stlik xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy chaqiriqlarga qarshi kurashish sohasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rayotganini ham aytib o‘tdi.