MDHda mustaqil to‘lov arxitekturasini yaratish zarur— Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishVizit premyer-ministra RF M. Mishustina v Turkmenistan
Vizit premyer-ministra RF M. Mishustina v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Obuna bo‘lish
MDHda xizmatlar va investitsiyalar erkin savdosi to‘g‘risidagi bitimni muddatidan oldin ratifikatsiya qilinadi — Mishustin.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. MDHga tashqi omillarga qaram bo‘lmagan, mustaqil to‘lov arxitekturasi zarur dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Ashxobodda bo‘lib o‘tayotgan Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida.

“Bojxona sohasida hamkorlikni kuchaytirish, monopoliyaga qarshi muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish, adolatli raqobat sharoitlarini ta’minlash, barcha sohalarda zamonaviy yechimlardan keng foydalanish zarur. Shuningdek tashqi omillarga qaram bo‘lmagan mustaqil to‘lov arxitekturasini yaratish zarur”, dedi Mishustin.

Bosh vazir shuningdek, MDH davlatlari o‘rtasida barcha masalalar yuzasidan ochiq fikr almashilayotgani amaliy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolar va biznes uchun foydali bo‘lgan innovatsion loyihalarni ishga tushirishga xizmat qilayotganiga ham e’tibor qaratdi.

“Bu jahon iqtisodiyotining ko‘p qutblilik tamoyillari asosida o‘zgarishi va savdo-iqtisodiy jarayonlarni jadal raqamlashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi”, — dedi Mishustin.

MDHda xizmatlar va investitsiyalar erkin savdosi to‘g‘risidagi bitim

Rossiya va yana bir necha davlatlar yaqinda MDHda xizmatlar va investitsiyalar erkin savdosi to‘g‘risidagi bitimni muddatidan oldin ratifikatsiya qiladi, dedi Mishustin.

"Keyingi oyning boshi - 5-iyunda ushbu shartnoma Belarus, Qirg‘iziston va Tojikistonda kuchga kiradi, Rossiyada ham ratifikatsiya jarayoni so‘nggi marraga yaqinlashmoqda", - dedi Mishustin.

Mishustin ushbu kelishuv Hamdo‘stlikda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar, iste’molchilar uchun shaffof va tushunarli qoidalar yaratishini ta’kidladi.

“So‘nggi to‘rt yilda MDHda tovar ayirboshlash hajmi 66 %ga o‘sdi. Buning 7 foizini xizmatlar tashkil qiladi", - dedi Mishustin.
Uning eslatishicha, bu yil Rossiya MDHga raislik qilmoqda va Moskva o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb — Hamdo‘stlik Iqtisodiy rivojlanishining 10 yillik strategiyasining birinchi bosqichini amalga oshirish, deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0