MDH bosh vazirlari Ashxobodda nimalarga kelishib olishdi
18:12 24.05.2024 (yangilandi: 18:40 24.05.2024)
© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishVizit premyer-ministra RF M. Mishustina v Turkmenistan
© Sputnik / Dmitriy Astaxov
/ Obuna bo‘lish
Transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika sohasida hamkorlik va boshqalar: MDH bosh vazirlari uchrashuvidan asosiy voqealar.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bugun Ashxobodda MDH bosh vazirlari uchrashishdi va bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
2030 yilgacha transport koridorlarini rivojlantirish rejasi
2030 yilgacha transport koridorlarini rivojlantirish rejasi
MDH bosh vazirlari 2030-yilgacha infratuzilmani optimallashtirish va MDHga a’zo davlatlar hududlari orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘oforov, aniqlik kiritishiga ko‘ra, transport koridorlarini rivojlantirish rejasi “MDH davlatlarining tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xalqaro transport yo‘laklari infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa muhim jihatlar” bo‘yicha harakatlarni nazarda tutadi.
2035 yilgacha energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin aytishiga ko‘ra, MDH bosh vazirlari energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashgan.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin aytishiga ko‘ra, MDH bosh vazirlari energetika sohasida hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashgan.
Undan tashqari kimyo sanoati va xavfli chiqindilarni boshqarish sohasida hamkorlik qilish konsepsiyalari qabul qilingan.
MDH makonida birlikni saqlashga muvaffaq bo‘ldi
"Turli omillar, bosimlar, pandemiyadan keyingi voqealar, yomon niyatlilarimizning pessimistik prognozlariga qaramay, biz Hamdo‘stlik makonida birlikni saqlab qolishga va barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha progressiv rivojlanishni ta’minlashga muvaffaq bo‘ldik", deb ta’kidladi Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko.