Eron prezidenti vertoloti halokati bo‘yicha dastlabki xulosalar e’lon qilindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPoxoroni prezidenta Irana Ebraxima Raisi
Poxoroni prezidenta Irana Ebraxima Raisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Obuna bo‘lish
Raisi vertolotida o‘q izlari yoki boshqa zaralar topilmadi, deyiladi hisobotda.
TOShKENT, 23-may – Sputnik. Ibrohim Raisiyning vertoloti to‘qnashuvdan keyin yonib ketgan, deb xabar bermoqda "Tasnim" agentligi Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotiga tayanib.
"Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertoloti tepalik bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Vertolotning tarkibiy qismlarida o‘q izlari yoki shunga o‘xshash zararlar topilmadi", - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, halokatga uchragan samolyot uchuvchisi Eron prezidenti kortejidagi yana ikkita vertolot uchuvchilari bilan aloqada bo‘lgan.
Prezident Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va yana olti kishi bo‘lgan vertolot 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, Verzegan viloyatida halokatga uchradi. 20-may kuni ertalab Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy prezident va uning delegatsiyasining o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Muhammad Bag‘iriy samolyot halokatini tekshirish uchun komissiya tayinladi. Natijalar respublika Oliy rahbari va xalqqa taqdim etiladi, dedi mamlakatning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliy.
Yangi prezidentlik saylovlari, Eron konstitutsiyasiga ko‘ra 50 kun ichida o‘tkazilishi kerak. Hozirda bu lavozimni vitse-prezident Muhammad Moxbe egallab turibdi.
Gibel iranskogo prezidenta ne izmenit glavnogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Eng yomon ssenariy: Eron prezidentining o‘limi dunyoni qo‘rqitdi
Yangiliklar lentasi
0