https://oz.sputniknews.uz/20240523/sco-razvedka-xizmat-terakt-mirzaev-44010162.html
O‘tgan yili ShHT razvedka xizmatlari 181 ta teraktning oldini oldi — Mirzayev
O‘tgan yili ShHT razvedka xizmatlari 181 ta teraktning oldini oldi — Mirzayev
Sputnik O‘zbekiston
Razvedka xizmatlari terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanilgan 26 ta noqonuniy migratsiya kanallarini aniqladi.
2024-05-23T15:40+0500
2024-05-23T15:40+0500
2024-05-23T15:54+0500
siyosat
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
terrorchilar
jinoyat
sud
oliy sud
narkotik
narkotik moddalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36544304_0:162:3066:1887_1920x0_80_0_0_69c57fa8c0f4d36d73c3849dcce431ae.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘tgan yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar razvedka xizmatlari tomonidan 181 ta teraktning oldi olindi, 214 nafar xorijlik jangchi qo‘lga olindi, terrorchilik tashkilotlarining 95 ta yacheykasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ma’lum qildi.Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ruslan Mirzayev so‘zga chiqdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlar razvedka xizmatlari 2023-yilda ham 214 nafar chet ellik jangari va 1185 nafar xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a’zo va hamkorlarni aniqlab, qo‘lga olgan.Terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanilgan 13 ta moliyalashtirish va 26 ta noqonuniy migratsiya kanallari aniqlangan.Qayd etilishicha, 2023-yilda ShHT mamlakatlarida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosining 14 ta kanali aniqlangan, 1589 ta o‘qotar qurol, 777 ta portlovchi moslama, 188 kilogramm portlovchi moddalar va 660 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Kengashining 41-majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda so‘zga chiqqan ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi salohiyatini oshirish zarurligini aytgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36544304_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_f2c64806a13a7564b1fa26c1f85ab5df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkilotiga (shht) razvedka xizmatlari terakt xorijlik jangchi terrorchilik tashkilot shht mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (matt) ijroiya qo‘mitasi direktori ruslan mirzayev
shanxay hamkorlik tashkilotiga (shht) razvedka xizmatlari terakt xorijlik jangchi terrorchilik tashkilot shht mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (matt) ijroiya qo‘mitasi direktori ruslan mirzayev
O‘tgan yili ShHT razvedka xizmatlari 181 ta teraktning oldini oldi — Mirzayev
15:40 23.05.2024 (yangilandi: 15:54 23.05.2024) Razvedka xizmatlari terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanilgan 26 ta noqonuniy migratsiya kanallarini aniqladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘tgan yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar razvedka xizmatlari tomonidan 181 ta teraktning oldi olindi, 214 nafar xorijlik jangchi qo‘lga olindi, terrorchilik tashkilotlarining 95 ta yacheykasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ma’lum qildi.
Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ruslan Mirzayev so‘zga chiqdi.
“2023 yil yakuniga ko‘ra ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlarining birgalikdagi faoliyati jarayonida, jumladan, tezkor axborot almashish orqali terrorchilik tashkilotlarining 95 ta yacheykasi faoliyatiga chek qo‘yildi, 181 ta teraktning oldi olindi, ekstremistik va terroristik xarakterdagi 2010 ta jinoyat aniqlanib, ularga chek qo‘yildi”, — dedi u
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlar razvedka xizmatlari 2023-yilda ham 214 nafar chet ellik jangari va 1185 nafar xalqaro terrorchilik tashkilotlariga a’zo va hamkorlarni aniqlab, qo‘lga olgan.
Terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanilgan 13 ta moliyalashtirish va 26 ta noqonuniy migratsiya kanallari aniqlangan.
Qayd etilishicha, 2023-yilda ShHT mamlakatlarida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosining 14 ta kanali aniqlangan, 1589 ta o‘qotar qurol, 777 ta portlovchi moslama, 188 kilogramm portlovchi moddalar va 660 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Kengashining 41-majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda so‘zga chiqqan ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi salohiyatini oshirish zarurligini
aytgan edi.